Janubiy Yaman milliy futbol terma jamoasi
Janubiy Yaman milliy futbol jamoasi (arab. منتخب اليمن الجنوبي الوطني لكرة القدم) 1965-1989 yillar oraligʻida Janubiy Yaman terma jamoasi boʻlgan. Jamoa 1976-yilda Osiyo Kubogi finalida qatnashgan, Eronga 0-1 hisobida magʻlub boʻlgan.Janubiy Yaman terma jamoasining yagona Jahon chempionati saralash ishtiroki 1986-yilgi FIFA Jahon chempionati hisoblanadi va birinchi raundda Bahrayn terma jamoasidan uchralgan magʻlubiyat tufayli saralashni erta tark etgan.
Jamoa 1990-yilda Janubiy Yaman Shimoliy Yaman bilan birlashib Yamanni tashkil qilgach, o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1990-yildan keyingi tafsilotlar uchun Yaman milliy futbol terma jamoasi maqolasiga qarang.
Tarix
Adan (1965)
Janubiy Yamandagi birinchi xalqaro turnir 1965-yilgi Pan Arab oʻyinlari boʻlib, oʻsha paytda Adan koloniyasi (Birlashgan Qirollikning mustamlakasi) edi. Musobaqa Birlashgan Arab Respublikasida boʻlib oʻtdi va terma jamoa guruh bosqichida Falastinga 1:0, Birlashgan Arab Respublikasiga 14:0, Iroqqa 6:0 va Livanga 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.
1976-yilgi Osiyo kubogi
Janubiy Yaman terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yagona ishtiroki Eronda boʻlib oʻtgan 1976-yilgi OFK Osiyo Kubogi hisoblanadi. Ular mezbon Eron va Iroq bilan „B“ guruhidan joy oldi. Janubiy Yaman guruh bosqichida Iroqqa 0:1, keyin esa Eronga 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.
1986-yilgi jahon chempionati saralashi
Janubiy Yaman 1986-yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralashida final bosqichiga chiqish uchun kurash olib bordi. Ular Eron va Bahraynga qarshi 1-turda A zonasining 4-guruhidan joy oldi. Eron oʻyinlarini Eron-Iroq urushidan uzoqda neytral maydonlarga koʻchirishdan bosh tortgani uchun oʻyinlar boshlanishidan oldin diskvalifikatsiya qilindi. Janubiy Yaman 1985-yil 12-martda Bahraynni qabul qildi va Adan shahridagi Mortayer-Yardda (hozirgi 22-may stadioni) 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 12-aprel kuni ular Manamadagi Bahrayn milliy stadionida boʻlgan oʻyinning dastlabki taymida 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq Bahrayn terma jamoasi 2 ta gol urib hisobni 3:3 koʻrinishiga olib keldi va oʻyin durang bilan tugadi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra Bahrayn keyingi bosqichga chiqdi.
Debyut
Janubiy Yaman terma jamoasi xalqaro futbol debyutini 1965-yil 2-sentyabrda Misrning Qohira shahrida boʻlib oʻtgan 1965-yilgi Pan Arab oʻyinlarida oʻtkazdi. Ular birinchi oʻyinda mezbonlar (Birlashgan Arab Respublikasi sifatida oʻynagan) bilan oʻynadi va 14:0 hisobida magʻlub boʻldi. Bu ularning javob gol ura olmagan eng yirik magʻlubiyati boʻldi. Janubiy Yaman guruhdagi qolgan uchta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi: Falastinga 1:0, keyin esa Livanga 4:3. Janubiy Yaman 1972- yil 10-yanvargacha boshqa oʻyin oʻtkazmadi, keyinchalik terma jamoa oʻz uyida Jazoirga 4:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Murabbiylar
Terma jamoaga qarshi oʻynagan jamoalar bilan oʻzaro statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org