Janubiy Xitoy dengizi




Janubiy xitoy dengizi  — Tinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Janubiy-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan orallari oraligʻida joylashgan. Maydoni 3,500,000 square kilometre (1,400,000 mi²); hajmi 3622 ming km. Chuqurligi janubi-gʻarbida 200 m, shimoli-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuq. 1140 m. Janubiy Xitoy dengiziga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va boshqa daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo va Siyam. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial iqlim. Qishda shimoli-sharqiy, yozda janubiy va janubiy-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 20—28°, avgustda 28—29°. Shoʻrligi 32—34 promilli. Yogʻingarchilik yiliga 2000-2500 mm ni tashkil etadi. Suv qalqishi 5,9 m gacha boʻlishi mumkin. Dengizda baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi.

Yirik portlari




Janubiy Xitoy dengizidan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz