Janubiy Sudan funti




Janubiy Sudan funti (Janubiy-Sudan funti) — Janubiy Sudanning pul birligi. 2011-yil 9-iyulda Janubiy Sudan Respublikasining mustaqillik kunida kiritilgan. Dastlab, muomalaga kiritish 2011-yilning iyuli yoki avgustida rejalashtirilgan edi. 19-iyul kuni mamlakatda yangi pul birligi rasman muomalaga kiritildi, banknotalar mamlakat poytaxti — Jubada, soʻngra boshqa viloyatlarda qoʻllanila boshlandi. Janubiy Sudan funtining kursi Sudan Respublikasi funtiga tenglashtirildi. Sudan funtlarining muomaladan chiqarilishi bir oydan uch oygacha davom etadi, buning natijasida Janubiy Sudanda faqat Janubiy Sudan funtlari muomalada qoladi.

Banknotalar 1, 5, 10, 25, 50 va 100 funt nominalda taqdim etiladi. Barcha banknotlarning old tomonida (avers) 2005-yilda sobiq muxtoriyatni boshqargan Janubiy Sudanning birinchi prezidenti Jon Garang tasvirlangan.

2011-yil 19-oktabrda 5, 10 va 25 piastrlik uchta yangi banknotlar muomalaga chiqarilgan.

2015-yil iyul oyida Janubiy Afrikada zarb qilingan 10, 20 va 50 piastrlik tangalar muomalaga chiqarildi. Shu bilan birga, bir muncha vaqt oʻtgach, naqd pul muomalasida paydo boʻlgan 1 va 2 funt nominaldagi bimetallik tangalarni zarb qilish rejalari eʼlon qilindi. 2021-yil 4-fevralda 1000 funtlik banknota muomalaga kirdi[1].

Tangalar



Tangalarning old tomonida nominal qiymati va milliy bezak, orqa tomonida gerb hamda davlat nomi va chiqarilgan yili tasvirlangan.

Banknotalar




Manbalar




Havolalar



• Janubiy Sudan Respublikasining banknotalari
• Janubiy Sudan Respublikasi tangalari

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz