Janubiy Osetiya urushi (2008)




Janubiy Osetiya urushi yoki Rus-Gruzin urushi - 2008-yil 7-avgustda boshlangan va Gurjiston, Rossiya Federatsiyasi hamda tan olinmagan respublikalar Janubiy Osetiya va Abxaziya oʻrtasidagi urush. Urush Gurjistonning undan bir tomonlama mustaqillik eʼlon qilgan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olinmagan Janubiy Osetiya Respublikasi nomli viloyatiga hujumidan boshlandi. Bunga Rossiya tezkorlik bilan javob qaytarib, Gurjistonga qarshi harbiy amaliyot boshladi. 2008-yil 12-avgust kuni Fransiya va Yevropa Ittifoqi prezidenti Nicolas Sarkozy ikki mamlakat rahbarlari bilan uchrashib, toʻqnashuvni toʻxtatishga erishdi.

Yana q.




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz