Janubiy Osetiya SR




Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi , Janubiy Osetiya SR — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. 1983-yil Janubiy Osetiya AO aholisi 98 000 kishi boʻlgan. Oblast hududida osetinlar, gruzinlar, ruslar yashagan. Markazi Sxinvali shahri boʻlgan.

1922-yilning 20-aprelida Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) (gruzincha: სამხრეთ ოსეთის ავტონომიური ოლქი; osetin: Ху́ссар Ирыстоны автономон бæстæ ; ruscha: Юго-Осетинская автономная область) tuzilgan. Oblast 1990-yilgacha mavjud boʻlgan.

Oʻsha yili 20-sentabrda Janubiy Osetiya AO Gruziya SSRdan ajralib chiqib, Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi nomi bilan Sovet Ittifoqi tarkibidagi suveren respublikaga aylanganini eʼlon qilgan. Buni Gruziya SSR tan olmagan va 1990-yilning 11-dekabr kuni Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini butunlay tugatish haqida qaror chiqargan. Natijada 1991-yilning 5-yanvarida Birinchi Janubiy Osetiya urushi boshlanib ketgan. 1991-yilning 21-dekabrida Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan.

Hozirgi kunda 1922–1990-yillarda Janubiy Osetiya AO hamda 1990–1991-yillarda Janubiy Osetiya SR oʻlaroq maʼlum boʻlgan hudud oʻrnini Janubiy Osetiya Respublikasi egallagan. Gruziya konstitutsiyasida Janubiy Osetiya Gruziya tarkibiga kirishi aytilgan. 2008-yilning avgustida sodir boʻlgan Gruziya-Rossiya urushi ortidan ayrim davlatlar, xususan, Rossiya Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi. Respublika mustaqilligini tan olgan respublikalar soni oltitaga yetgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz