Janubiy Osetiya
Janubiy Osetiya (osetin: Хуссар Ирыстон, Xussar Iriston ; gruzincha: სამხრეთი ოსეთი, Samxreti Oseti; ruscha: Южная Осетия, Yujnaya Osetiya) Kavkaz janubidagi bir mintaqadir. Sobiq Janubiy Osetiya Avtonom Oblasti (Gurjiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida). Mintaqaning bir qismi Gurjistondan 1990-yillar boshida mustaqillik eʼlon qilib, oʻzini
Janubiy Osetiya Respublikasi , deya ataydi. Poytaxti — Tsxinvali.
Januy Osetiya mustaqilligi uni Gurjistonning bir qismi sifatida koʻruvchi BMT aʼzolari tomonidan tan olinmagan. Gurjiston mintaqaning sharqiy va janubiy qismi ustidan nazoratni saqlab qoldi va 2007-yilning aprel oyida u yerda etnik osetinlar tomonidan boshqariluvchi
Janubiy Osetiya Muvaqqat Maʼmuriyati ni tuzdi. Bu tashkilot rahbari Dmitriy Sanakoevdir va u Gurjiston bilan Janubiy Osetiya statusi haqida muzokaralar olib borishi koʻzlangan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org