Janubiy Orkni orollari




Janubiy Orkni orollari - Atlantika okeanining janubiy qismidagi bir tuda (4ta katta va 40tacha mayda) orol, Antarktikada. Maydon 621 km. Yer yuzasi togʻlik (bal. 1266 m gacha), qor va muzlar bilan qoplangan. Oʻsimligi mox va lishayniklardan iborat. Dengiz qushlari va tyulenlar yashaydi. Doimiy aholisi yoʻq. Britaniya va Argentina davlatlariga qarashli ilmiy stansiyalar ishlab turibdi. Orol 1821-yilda ingliz va amerikalik sanoatchilar J. Pouell va N. Palmer tomonidan kashf qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz