Janubiy Olamushuk
Janubiy Olamushuk — Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shaharcha (1947 yildan). Tumanning shim.dagi adirda joylashgan. Yaqin temir yo'l stansiyasi – Gurunchmozordan 6 km. Aholisi 6,7 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar. Janubiy Olamushuk 1943 yil neft konining topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholining koʻpchiligi neft konida ishlaydi. Janubiy Olamushukda 2 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, madaniy-maishiy xizmat kombinati, savdo shoxobchalari, fizioterapiya sanatoriysi bor. Oʻrta osiyolik tarixchi Narshaxiy (10-asr 1-yarmi) hozirgi Janubiy Olamushuk yaqinida Koh qishlogʻi boʻlganligi, uning yonida "Raboti sarhang" qabristoni borligini yozgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org