Janubiy koreyaning the koreya times gazeta
Janubiy Koreyaning «The Korea Times» gazetasi O‘zbekiston imijini targ‘ib qilishda hamkorlikka tayyor
SEUL, 7 sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen ingliz tilida nashr etiladigan «The Korea Times» gazetasining yangi tayinlangan prezidenti Oh Yong Jin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
«The Korea Times» gazetasiJanubiy Koreyada 1950 yildan buyon nashr etib kelinayotgan, ingliz tilida chop etiladigan ilk va mashhur kundalik gazeta hisoblanadi. Ayni paytda gazetaning adadi 400 ming nusxadan ko‘proq, mamlakatda hamda xorijda tarqatiladi. Nashrda ichki va tashqi siyosat mavzusidagi muhim voqealar, shuningdek, mamlakatning xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalari, dolzarb xalqaro masalalar keng yoritiladi.
Elchi Oh Yong Jinni yuqori lavozimga tayinlangani va Janubiy Koreya yetakchi nashrining 70 yilligi bilan jamoani tabrikladi.
Tomonlar o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi bilan «The Korea Times» gazetasi gazetasi o‘rtasida tuzilgan yaqin va samarali hamkorlikni yuqori baholadi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi maxsus strategik sheriklikni mustahkamlashning ijobiy dinamikasi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda amalga oshirilgan tub siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, shuningdek, xorijiy mushtariylar, Janubiy Koreya jamoatchiligi va Seuldagi diplomatik korpuslar orasida O‘zbekiston obro‘sini shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan turkum maqolalar muntazam nashr etib kelinayotgani qayd etildi.
O‘z navbatida, «The Korea Times» nashri prezidenti O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishini, ko‘p yillar davomida gazetada O‘zbekiston haqidagi materiallarni tayyorlash orqali mamlakatimiz haqidagi bilimlari yanada boyib borganini bildirdi.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yuksak qadrlab, respublikadagi koreys diasporasining madaniy qadriyatlari va an’analarini saqlashga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonda Koreys madaniyati va san’ati uyining yaratilishi xalqlarimizni bir-biriga madaniy bog‘laydigan ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Manba
uz.wikipedia.org