Janubiy Koreya Respublikasida metro transporti




Janubiy Koreya Respublikasida metro transporti - Janubiy Koreya Respublikasining –  Seul, Pusan, Tegu, Inchxon, Kvanju, Tejon kabi yirik shaharlarida metro qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan metropoliten –  mamlakatdagi eng qadimiy metropoliten va yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Hozirgi vaqtda u 14 liniya va 436 bekatdan iborat.

Seul metro liniyalar raqamlangan hisoblanib, har birining bezatish va qatnov bo‘yicha o‘ziga mos rangi bor.

Birinchi liniya to‘q ko‘k rang, ikkinchi liniya – yashil, luchinchi liniya – to‘q sariq, to'rtinchi liniya– ko‘k, beshinchi liniya – siyohrang, oltinchi liniya– jigarrang, yettinchi liniya – och jigar rang, sakkizinchi liniya – pusht ranglar bilan ajratilib turadi.

Har kuni Seul metrosi 8 mln.ga yaqin odamlarni tashiydi va yildan-yilga shinam holatga keltirilmoqda. Seulning birinchi liniyasining uzunligi 9,5 km, 9 stansiyasi bor, 1974 yil 15 avgustda ochilgan va shahar markazidan o‘tadi. Seul metropolitenini uchta kompaniya: Korail (Milliy temiryo‘l operatori), Seoul Metro va Seoul Metropolitan Rapid Transit Corporation boshqaradi. 

Korail qisman birinchi va 3, 4-liniyalarni boshqaradi; Seoul Metro – 2 va qisman 1, 3 va 4-liniyalarni boshqaradi; Seoul Metropolitan Rapid Transit Corporation – 5, 6, 7 va 8-liniyalarni boshqaradi.

Boshqaruv kompaniyalari metro qatnovida qulay sharoitlar yaratishga harakat qilishadi: bu yerda musiqa tinglash, yangi film tomosha qilish, kichik chiqishlar tomoshabini bo‘lishi mumkin.

Metro – xorijliklar uchun eng samarali va qulay transport turi hisoblanadi. Bekatlar va liniyalar nomi, metrodagi katta yozuvlar, ko‘plab e’lonlar, o‘tish joylari ingliz tilida qattiq ovozda ham e’lon qilinadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun barcha bekatlar haqida batafsil ma’lumot olish, yo‘lovchilarning bir bekatdan ikkinchi bekatga o‘tish uchun sarflaydigan vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, liftlar joylashuvi va bekatdagi boshqa qulayliklar uchun virtual karta – maxsus internet-dasturlar ishlab chiqilgan. Virtual karta nafaqat koreys, balki ingliz, yapon va xitoy tillarida ham mavjud.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz