Janubiy hoch nima?





Avvalo, yulduzlarning o’zi nima? Yulduz cho’g’ bo’lib qizigan gazlardan iborat katta shardir. Yulduzlar tarkibida katta miqdordagi vodorod bor va u asosiy energiya manbaidir. Yulduzlar tarkibida, shuningdek, geliy, azot, kislorod, temir, nikel va rux kabi boshqa kimyoviy elementlar ham bor. Yulduzlarning barcha elementlari gazsimon holatdadir.

Yulduzlar chang va gazlarning koinot bo’ylab haralat qilayotgan zich bulutlaridan hosil bo’ladi. O’sha bulutning ichidagi behisob gazsimon zarralar bir yerga to’plana borishi natijasida yulduz hosil bo’ladi. Aylanayotgan zarralar o’ziga boshqalarini ham birlashtirib oladi, u asta-sekin kattalasha boradi va tortish kuchi ham o’sadi. Zarralar katta gaz sharini tashkil qiladi.

Shar kattalashgani sayin zichlashadi va uning ichidagi bosim orta boradi. Nihoyat, bosim shunday bir darajaga yetib, gazning temperaturasi ko’tariladi va o’zidan yorug’lik chiqara boshlaydi. Sharning ichidagi bosim va temperatura juda yuqori darajaga yetgandan so’ng termoyadro reaksiyalari yuz bera boshlaydi. Gazlar yulduzlarga aylanadi. Buning uchun qancha vaqt kerak bo’ladi? Millionlab yillar kerak bo’lsa ajab emas.

Agar yulduz hosil bo’lishi uchun katta miqdordagi modda bir joyga yig’ilsa, o’sha yulduz katta, yorqin va issiq bo’ladi. Agar u issiq yulduz bo’lsa, uning termoyadro yonilg’isi 100 000 000 yil yorug’lik chiqarishga yetadi. Agar yulduz oz miqdordagi moddadan hosil bo’lsa, u kichik, xira va sovuq bo’ladi. Uning yonilg’isi juda sekinlik bilan yona boradi va u milliardlab yillar yorug’lik taratishi mumkin. Bizning Quyosh o’rtacha kattalikdagi yulduzdir. U Yerga nisbatan 1300 000 marta kattadir.

Yulduzlar, nurini o’zida aks ettiradigan va shu tufayligina yorug’ bo’lib ko’rinadigan sayyoralar va ularning yo’ldoshlaridan farqli o’laroq, o’zidan nur tarqatadigan katta gaz sharlaridir. Masalan, Oy shu’lasi Quyosh nurining aksidan boshqa narsa emas. Yana bir farq shundaki, bizga yulduzlar miltillayotganga o’xshab ko’rinadi, ammo sayyoralar yorug’ligi miltillamaydi. Yulduzlar miltillashiga sabab bo’lgan narsa Yer atmosferasida turli moddalarning mavjudligidir.

Quyosh ham, unchalik katta yoki yorqin bo’lmasada, yulduzdir. Boshqa yulduzlar bilan taqqoslaganda, u o’rtacha kattalikdadir. Millionlab yulduzlar Quyoshdan kichik bo’lishi barobarida yana shunchasi undan ancha kattadir. Shunday yulduzlar ham borki, ular Quyosh o’rnida bo’lganida Yer, Mars, hatto, Yupiter orbitasini ham o’z ichiga qamrab olishi mumkin edi. Ammo ular bizdan juda olisda joylashgani uchun ko’zimizga kichik bir nuqta bo’lib ko’rinadi. Qadimgi yunon munajjimlari zamonidan beri yulduzlar kattaligiga qarab, bir necha guruhlarga bo’linadi. “Kattalik” deganda, yulduzlarning katta-kichikligi emas, aksincha, ularning yorqinligi ko’zda tutiladi. Bundan tashari, yulduzlar o’z spektrlariga ko’ra ham, boshqacha aytganda, o’z yorug’lik to’lqinlari uzunligi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Munajjimlar u yoki bu yulduzning spektrini o’rganayotganda, o’sha yulduzning o’ziga xos xususiyati, temperaturasi va hatto kimyoviy tarkibi to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar yig’ishadi.



Sokin tun. Ko‘k yuzida oy va yulduzlar charaqlab turibdi. Faqat bu sokinlik qo‘ynida daraxtlarning shitirlashi-yu anhordan oqayotgan suvning sharqirashi eshitilib turardi. Hamma shirin uyquda. Tongga yaqin uyqusi qochgan Gullola oy va yulduzlarni deraza ortidan kuzatib turar edi. U qishloqda yashaydi. Tog‘ bag‘rida joylashgan qishloq so‘lim tabiati bilan barchani o‘ziga maftun etadi. Uning toza havosi-yu, betakror tabiati, katta anhordan sharqirab oqqan suvlari qizni o‘ziga maftun etadi. Gullolani ko‘pincha uyidagilar hazillashib “buyuk xayolparast” deyishadi. Bunga sabab uning goh qushlar kabi samoda uchgisi, bulut bo‘lib yomg‘ir yog‘dirgisi, oyning yoniga borib unga guldasta taqdim etgisi kelaverganidan.  Osmonini g‘uj-g‘uj bo‘lib bezab turgan mitti chiroqlar qizaloqning hamisha e‘tiborini tortardi. Ayniqsa, sahar chog‘ida hamma yulduzlardan ajralib porlab turadigan Zuhro yulduzi uning, faqatgina Gullolaning yulduziga aylangan. Har tongga yaqin go‘yo qizaloqni yangi kuni bilan qutlayotgan Zuhro yulduzi bilan xayolan suhbatlashgan Gullola asta hovli sahniga tushdi. Supada shirin uyquda yotgan opasi Mushtariyning quchog‘iga kirib ohista uni turtib, bolalarcha so‘z boshladi.

– Opajon, huv anavi mening yulduzim. Ko‘rdingizmi, u hamma yulduzlardan chiroyli va porloq. Siznikichi?- singlisining kutilmagan savolidan Mushtariy, erinibgina savoliga javob berdi.

– Meniki Mushtariy,– deya singlisiga yuzlanib.

– Voy, Mushtariy yulduzi ham bormi? – hayratlanib so‘radi Gullola.

– Ha, u chiroyli yulduz hisoblanadi.

– Ammo baribir, mening yulduzim siznikidan chiroyli va porloq.  U meni hamisha saharda kutib oladi.

 Opa-singillarning shirin va beg‘ubor suhbati anchaga cho‘zildi. Go‘yo samodagi “Gullolaning yulduzi” Zuhro qizaloqlarning ajib sirlashishidan boxabardek yana ham yorqinroq porlardi.

Tong ham otdi. Qishloq esa allaqachon uyg‘ongan. Gullola o‘zgacha hayajon ila maktabga borib, o‘zining “yulduzi” haqida dugonalariga so‘zlab berdi.

Gullola har sahar shu yulduz bilan uyg‘onar, u bilan xayolan samo kengliklarida uchardi. Shu yulduz hamrohida uyni erta tongdan saranjonlash  qizaloqning kundalik yumushiga aylanib qolgan.  

Qizaloqning bolalik osmonida, ko‘nglida porlagan Zuhro go‘yo uning yo‘lchi yulduzidek. U ham hayotda shu Zuhro misoli porlashni chin dildan xohlardi.

Malika TO‘YCHIYEVA,

Toshkent shahar, Sergeli tumani, 284-maktab o‘quvchisi. Manba: sog’lom.uz

Yulduzlar haqida nima bilasiz?

Yulduzlar qanday paydo bo’lgan?

Yulduzlarning yorqinligi-Osmonga boqqanimizda, biz yulduzlarni bir-biridan unchalik farqlay olmaymiz. Faqat ayrimlari kattaroq va boshqalariga nisbatan yorqinroq ko’rinadi, xolos. Aslida esa ular bir-biridan keskin farq qiladi, ular o’rtasidagi tafovut nihoyatda kattadir.

Agar yulduzlarni spektlariga ko’ra guruhlarga ajratadigan bo’lsak, ko’kdan tortib qizilgacha bo’lgan yulduzlar qatori vujudga keladi.

Ko’k yulduzlar eng issiq va yorqindir. Ular yuzasidagi temperatura Tselsiy shkalasi bo’yicha 400 000 darajani tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi temperatura esa Tselsiy shkalasi bo’yicha, taxminan, 6000 darajadir. Eng sovuq yulduzlar qizil tusda bo’ladi. Ularning temperaturasi – Tselsiy shkalasi bo’yicha 2500 daraja atrofida, ularning yorug’ligi ko’k, oq yoki sariq yulduzlarniki singari yorqin emas. Shuningdek, ko’plab butunlay o’ziga xos yulduzlar ham bor: ular sirasiga qora o’pqon deb atalmish neyron yulduzlarni va hokazolarni kiritish mumkin. Qora o’pqonlar mutlaqo o’zidan yorug’lik chiqarmaydi. Yulduzlarni yorqinligiga qarab bir-biridan ajratish uchun qadimgi yunon olimi Gipparx muomalaga kiritgan yulduz kattaligi degan tushuncha bor. Aynan yorqin nur taratuvchi yulduzlar bir xil kattalikka mansubdir. Birinchi kattalikdagi yulduzlar eng yorqin yulduzlar hisoblanadi. Ular ikkinchi kattalikdagi yulduzlardan 2,5 barobar, ikkinchi kattalikdagi yulduzlar esa uchinchi kattalikdagi yulduzlardan 2,5 barobar yorqinroqdir va hokazo. Oddiy ko’z bilan 1-6 kattalikdagi yulduzlarni ko’rish mumkin, lekin ularning miqdori yulduzlarning jami miqdori bilan taqqoslaganda, juda ozdir. Shuni ham unutmaslik kerakki, yulduz kattaligi yoki ko’z ilg’aydigan yulduz kattaligi ularning yorqinligini ham, haqiqiy o’lchamlarini ham bildirmaydi, aksincha, ularni Yerdan kuzatayotgan odam ko’z o’ngidagi yorqinlikni anglatadi, xolos.

Yulduzlar yorqinligi

Nega Yulduzlar o’zidan yorug’lik chiqaradi?

Eng yorqin yulduz qaysi? Biror marta osmondan eng yorqin yulduzni topishga urinib ko’rganmisiz?

Osmonda yulduzlar ko’zingizga son-sanosizday ko’ringan bo’lsa ajab emas. Lekin teleskopsiz 6000 ga yaqin yulduzni ko’rish mumkin, ulardan 1500 tasi Janubiy yarim shar ustida bo’lib, Shimoliy yarim shardan ko’rinmaydi.

Bundan 2000 yil oldinroq yunon munajjimlari yulduzlarni yorqinligiga qarab kattalikka va sinflarga ajratishgan. Teleskop paydo bo’lishidan oldin yulduzlarning olti kattaligi yoki sinfi mavjud edi. Birinchi kattalikdagi yulduzlar eng yorqinlari, oltinchi kattalikdagilari esa eng xiralari edi. Oltinchi kattalikdagi yulduzlardan kichiklarini teleskopsiz ko’rib bo’lmaydi. Bugungi kunda zamonaviy teleskoplar 21-kattalikdagi yulduzni ham suratga olish imkonini beradi.

Bir kattalikdagi yulduzning yorqinligi undan oldingi kattalikdagi yulduz yorqinligidan 2,5 barobar kamdir. Birinchi kattalikdagi yulduzlar soni 22 tadir, ulardan eng yorqini Sirius bo’lib, u 1,5 kattalikka ega. Ushbu yulduz oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan eng kichik yulduzdan 1000 martadan oshiqroq darajada yorqindir. Yulduzlarning kattaligi yoki sinfi qanchalik past bo’lgani sari ularning miqdori shunchalik ko’pdir. Agar birinchi kattalikdagi yulduzlar soni, bor-yo’g’i, 22 ta bo’lsa, 20-kattalikdagi yulduzlar soni milliardga yaqin.

Tungi osmonning eng porloq yulduzi – yulduz turkumidan Sirius. Siriusning eng shimoliy hududlari bundan mustasno, Erning har qanday hududidan kuzatilishi mumkin. Sirius quyosh tizimidan 8,6 yorug’lik yili uzoqlikda va biz uchun eng yaqin yulduzlardan biri. Bessel Siriusning ikki tomonlama yulduz ekanligini aytdi. 1862-yilda A. Klark Sirius B deb atalgan bir yulduzni topdi. Ko’rinadigan yulduz ba’zan Sirius A deb ataladi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko’ra, Siriusning yoshi taxminan 230 million yil. Endi Sirius A massasi Quyosh massasining ikki barobarigacha, Sirius B esa Quyoshning massasidan biroz kamroqdir.

Yulduzlarning yorqinligi qanday farqlanadi?

Eng yorqin yulduz haqidagi xabar.

Yulduzlar na kechasi, na kunduzi hech qayerga g’oyib bo’lmaydi. Quyosh nuri yulduzlarnikidan bir necha barobar kuchli bo’lgani uchun ham na Oy va na yulduzlarni biz kunduzi ko’ra olmaymiz. Quyoshning bizga yaqinligi yulduzlarni kunduzi ilg’ashimizga imkon bermaydi. Osmonni Quyosh botayotganda kuzatish juda maroqli: qani, qaysi yulduz birinchi bo’lib paydo bo’lar ekan? Tun qorong’isidagi eng yorqin yulduzlar aynan Quyosh botgandan so’ng ilk paydo bo’lganlari ekanini ilg’ab olish qiyin emas.

Bu savolga hech kim aniq javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar bilan ham yulduzlarning barchasini ko’rish mumkin emas. Barchamizning uyimiz bo’lmish Yer (yulduz ham emas!), bor-yo’g’i, kichik bir sayyora bo’lib, u o’rtacha kattalikdagi yulduz – Quyosh atrofida aylanadi. Quyosh esa o’z navbatida Somon Yo’lidagi kichik bir yulduzdan boshqa narsa emas. Bizning galaktikamizda bunday million-million yulduzlar bor. Bundan tashqari, Somon Yo’lining o’zi Koinotdagi ming-minglab galaktikalardan bittasi bo’lgan bizning galaktikamiz ham shu darajada bepoyonki, juda katta tezlikka ega bo’lgan yorug’lik uning bir chekkasidan ikkinchi bir chekkasiga yetib borguncha ming yillar vaqt o’tadi. Shunday ekan, biz osmondagi yulduzlar sonini hech qachon aniq hisoblab chiqa olmaymiz. Lekin savolga quyidagicha javob berish ham mumkin: yulduzlar soni shu darajada ko’pki, ularning miqdorini tasavvur ham qilib bo’lmaydi.

Koinotda shunday yulduzlar borki va ular bizdan shu qadar olisda joylashganki, ulargacha bo’lgan masofani aniqlashning ham, ularni sanab sanog’iga yetishning ham imkoni yo’q. Eng yaqin yulduz Yerdan qanchalik uzoqda joylashgan?

Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa 150 000 000 kilometrdir. Yorug’lik sekundiga 300 000 kilometr tezlik bilan harakatlanishini hisobga olsak, u Quyosh bilan Yer o’rtasidagi masofani bosib o’tishi uchun 8 minut kerak bo’ladi.

Bizga eng yaqin yulduzlar Tsentavr Proksimasi va Tsentavr Alfasidir. Ular bilan Yer o’rtasidagi masofa Yer bilan Quyosh o’rtasidagi masofadan 270 000 marta uzundir, ya’ni Yerdan bu yulduzlargacha bo’lgan masofa 150 000 000 kilometrlik masofadan 270 000 marta uzundir!

Yulduzlargacha bo’lgan masofa nihoyatda olis bo’lgani tufayli uni o’lchash uchun maxsus birlik ishlab chiqishga to’g’ri kelgan. Bu birlik yorug’lik yili deb ataladi. Bu yorug’lik bir yilda bosib o’tadigan masofaga tengdir, ya’ni taxminan 10 trillion kilometrni (10 000 000 000 000 km) tashkil etadi. Eng yaqin yulduzlargacha bo’lgan masofa bu ko’rsatkichdan 4,5 marta ko’pdir. Osmondagi yulduzlardan 6000 tasini oddiy ko’z bilan, teleskop yordamisiz kuzatish mumkin.

Yulduzlarni kuzatayotganda, ular tanish harflar, uchburchaklar, kvadratlar hosil qilishiga e’tibor bergan bo’lsangiz kerak. Odamlar qadim zamonlardan beri dunyoning turli burchaklarida shunday yulduzlar turkumini turli nomlar bilan atab kelishgan. “Burj” arab tilidan tarjima qilganda “yulduzlar turkumi” degan ma’noni anglatadi.

Burjlarning nomlari bizga qadimgi rimliklardan yetib kelgan, ular esa bu nomlarni yunonlardan olishgan. Yunonlarga esa yulduzlar to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi bobilliklardan o’tgan.

Bobilliklar yulduzlar turkumini hayvonlar, qirollar, qirolichalar va rivoyatlar qahramonlari oti bilan atashgan. Keyinchalik qadimgi yunonlar Bobilda qaror topgan nomlarni Gerkules, Orion, Persey kabi o’z qahramonlari nomi bilan o’zlashtirishgan. Bunga qadimgi rimliklar ham o’z hissasini qo’shishgan. Ayni paytda biz ham o’sha ko’hna nomlarni ishlatamiz, lekin bu nomlar anglatgan timsollarni har doim ham osonlikcha tasavvur qila olmaymiz. Masalan, Burgut, Kichik va Katta Ayiq hamda Mezon burjlari o’z nomlariga unchalik mos kelmaydi.

Mashhur munajjim Ptolemey, taxminan, melodiy 150 yili o’ziga ma’lum bo’lgan 48 ta burjning ro’yxatini tuzgan. Bu ro’yxatga yulduzli osmondagi burjlarning barchasi ham kirmagan, ko’pchilik burjlar tushib qolgan. Shuning uchun ham olimlar keyinchalik Ptolemey tuzgan ro’yxatga qo’shimchalar kiritib, uni kengaytirishgan. Keyinchalik kashf etilgan burjlarga ilmiy asboblar nomi berilgan: Sekstant, Kompas, Mikroskop singari. Bungungi kunda fanga 88 ta burj ma’lum. Burj osmonning ma’lum bir qismini egallaydi. Buning ma’nosi shuki, har bir yulduz, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi ma’lum bir shtatda joylashgan shahar kabi, muayyan burjda qo’nim topgan. Bir vaqtlar burjlar chegarasi doimiy bo’lmagan va siniq holda bo’lgan. Munajjimlar 1928 yili burjlar chegarasi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lishi uchun ularni to’g’rilshga qaror qilishdi.

Nima uchun ajdodlarimiz o’sha yulduzlar turkumini aynan Buzoq, Burgut, Qovg’a yoki Orion deb atashgan? Burjlarning turli xalqlar tillaridagi nomlarini o’zaro taqqoslaydigan bo’lsak, savolga javob topish yanada murakkablashadi. Qizig’i shundaki, aynan bitta yulduzlar turkumini qadimgi ellinlar va Shimoliy Amerika hindulari mutlaqo bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda Ayiq deb nomlashgan. Turli xalqlarning astronomiyaga oid bilimlarini o’rganib va o’zaro taqqoslab ko’rayotganda biz osmonga go’yo ularning ko’zi bilan qarayotganday bo’lamiz. Va asta-sekin ular qanday o’ylagani, dunyoni qanday tasavvur qilgani, qanday kun kechirgani, nimaga e’tiqod qilgani va nimani qadrlaganini tushuna boshlaymiz. Qadimgi Misr astronomiya vatani hisoblanadi. Qadimgi misrliklar Nilning suvi toshishini tong otar paytidagi eng yorqin yulduz – Siriusning chiqishi bilan bog’lashgan. Osmon jismlari harakatini kuzatish astronomiya sohasidagi bilimlarga asos bo’ladi va kalendar tuzishga yordam berdi. Olimlarning taxminicha, ilk kalendar Qadimgi Misrda bundan 6000 yil muqaddam yaratilgan. Unda hisob-kitoblar hozirgiday haftalar bilan emas, o’n kunliklar bilan yuritilgan va yilning oxirida yana besh kun qo’shilgan. Misrliklar kalendar tuzayotib, burjlani xudolar, hayvonlar, narsalar bilan tasvirlashgan, yulduzlar esa, bor-yo’g’i, “astronomik fon (orqa plan)” bo’lib xizmat qilgan.

Ekvatorning janubidagi osmonda xochga o’xshash shaklga ega bo’lgan to’rtta yulduz ko’zga tashlanadi. U Janubiy Xoch deb ataladi. Tomonlarni ko’rsatuvchi bu yulduz sayyohlarga kechalari yo’l topib olishda yordam beradi.

Ta’kidlab o’tganimizdek, Janubiy Xoch faqat Janubiy yarim sharda ko’rinadigan burjlar qatoriga kiradi. Shimoliy yarim shardagi Kichik Ayiq burji haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Darhaqiqat, ikkala burj ham Yer sharining shimol-janub o’qida joylashgan va harakatsizdir. Shuning uchun ham ular faqat bir yo’nalishni: Kichik Ayiq burjidagi Qutb yulduzi – shimolni, Janubiy Xoch to’rtligi esa janubni ko’rsatib turadi.

Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi


Uzpedia.uz