Janubiy Dakota




Janubiy Dakota - AQShning shimoli qismidagi shtat. Maydon 199,7 ming km. Aholisi 756,6 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Pirr shahri. Janubiy Dakota hududining janubisharki Markaziy tekisliklarda, gʻarbi Buyuk tekisliklarda. Gʻarbiy qismida chuqur vodiy va jarlik koʻp. Yer yuzasining balandligi sharqida, asosan, 330 m dan garbida 1000 m gacha (Blek-Xils tog massivi). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —12°; iyulniki 20—22°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400– 500 mm. Eng katta daryosi — Missuri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin.

Xoʻjaligining asosi — qishloq xoʻjaligi Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, zigʻir, yem-xashak ekinlari, makkajoʻxori ekiladi. Konchilik sanoati rivojlangan. Oltin, kumush, uran rudalari qazib chiqariladi. Oziq-ovqat (goʻsht konservalash, un tortish, yogʻ, pishloq) korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi ish qurollari ishlab chiqariladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz