Janubiy bug




Janubiy bug (ukraincha: Півде́нний Буг) — Ukrainaning jan.gʻarbidagi daryo. Uz. 806 km. Havzasining mayd. 63,7 ming km. Volin-Podoliya qirlaridan boshlanib, Qora dengizining Bug limaniga kuyiladi. Mavsumiy qor va yomgʻirlardan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 90 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Noyab.ning boshidan yanvarning oʻrtalarigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Bakshala, Volk, Zgar, Rov, Kodima, Savranka, Chichikleya, chapda — Sob, Sinyuxa, Mertvovod, Ingul. Vinnitsa sh. yaqinida va Voznesensk sh.dan kema qatnaydi. J. b. sohilida Mykolaiv, Pervomaysk, Vinnitsa, Gayvoron, Xmelnitskiy sh.lari bor. GES qurilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz