Janubiy Afrika Zaxira banki
Janubiy Afrika Zaxira banki (inglizcha: South African Reserve Bank, SARB) - Janubiy Afrika Respublikasining markaziy banki. Bank 1921-yilda Parlament tomonidan 1920-yil 10-avgustdagi “Valyuta va banklar toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingandan soʻng, Birinchi jahon urushi olib kelgan gʻayritabiiy pul va moliyaviy sharoitlarning bevosita natijasi sifatida tashkil etilgan. Zaxira banki Buyuk Britaniya va Yevropadan tashqarida tashkil etilgan toʻrtinchi markaziy bank boʻldi, qolganlari AQSh, Yaponiya va Javadagi markaziy banklardir. Janubiy Afrikada Markaziy bankni tashkil etish boʻyicha eng dastlabki takliflar 1879-yilga toʻgʻri keladi. 1920-yil 31-martda parlamentning oʻn nafar aʼzosidan iborat saylangan qoʻmita tashkil etilgan boʻlib, u markaziy bankni tashkil etishning milliy manfaatlarga taʼsirini oʻrgangan.
Qoʻmita tavsiyalaridan soʻng, Janubiy Afrika Zaxira banki 1921-yil 30-iyunda oʻz faoliyatini boshladi va uni Afrikadagi eng qadimgi markaziy bankga aylantirdi. Bank tomonidan birinchi banknotlar 1922-yil 19-aprelda muomalaga chiqarilgan. 2012-yildan hozirgi kungacha 104 000 000 000,00 rendgacha boʻlgan ZAR banknotlari toʻplami va 2018-yildan hozirgi kungacha 400 000 000 rendgacha miqdoridagi ZAR banknotalari toʻplami emissiya qilindi.
Janubiy Afrika Zaxira bankini tashkil etish modeli koʻchirilgan Angliya bankidan farqli oʻlaroq, SARB xususiy mulkdir.
Janubiy Afrika Zaxira bankining vazifalari
Tashkiliy tuzilmasi
Direktorlar kengashi
SARB gubernator Lesetya Kganyago, uning uchta oʻrinbosari va oʻn bitta direktordan iborat Direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi. Gubernator va gubernator oʻrinbosarlari Janubiy Afrika Prezidenti tomonidan Moliya vaziri bilan kelishilgan holda besh yillik muddatga tayinlanadi. Direktorlarning toʻrt nafari ham Prezident tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi. Qolgan yetti nafar direktor Zaxira banki aksiyadorlari tomonidan, ular ham uch yillik muddatga tayinlanadi.
Mulkchilik shakli
Zaxira banki 2 million dona aksiyaga ega boʻlib, dunyo boʻylab oʻz mamlakatlari hukumatlaridan boshqa aksiyadorlarga ega boʻlgan sakkizta markaziy banklardan biri hisoblanadi (qolganlari Belgiya, Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Shveysariya, Turkiya va AQSh). Aksiyadorlik boʻyicha yagona cheklov shundan iboratki, hech bir aksiyador 10 000 dan ortiq aktsiyalarga ega boʻlishi mumkin emas. Hozirda, 2018-yil 31-avgustdagi aksiyadorlar indeksi hisobotiga koʻra, Janubiy Afrika Zaxira bankining aksiyalariga ega boʻlgan 696 ta aksiyador bor.
Aksiyadorlar har bir oddiy aksiya uchun yiliga 10 Janubiy Afrika sentidan koʻp boʻlmagan dividend olish huquqiga ega (shuning uchun jami maksimal dividend 200 000 Janubiy Afrika rendi yoki har bir aksiyador uchun maksimal 1 000 Janubiy Afrika rendi), qolgan foyda esa Janubiy Afrika hukumatiga toʻlanadi.
Janubiy Afrika hukumati Zaxira bankini milliylashtirishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.
Janubiy Afrika Zaxira banki boshqaruvchilari roʻyxati
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org