Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi




Banyana Banyana (Qizlar) laqabli Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasining milliy jamoasi boʻlib, Janubiy Afrika Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi rasmiy oʻyini 1993-yil 30-mayda Svazilend ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan.

Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta 2012-yilda Olimpiada oʻyinlariga va Germaniya, Ispaniya va Xitoy ayollar terma jamoalari bilan B guruhda birinchi marta 2019-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldilar. Biroq, Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi yuqoridagi turnirlardagi barcha oʻyinlarda magʻlub boʻlishdi. Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining yagona goli Ispaniya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda urilgan boʻlib, jamoa 3:1 hisobida magʻlub boʻlishgan. Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi finalda Marokash ayollar terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etib, 2022-yilda oʻzining birinchi Afrika ayollar millatlar kubogini qoʻlga kiritgan.

Tarixi



Tarixan Janubiy Afrikada 2020-yilgacha hech qachon professional ayollar futbol ligasi boʻlmagan. Janubiy Afrikada professional ayollar ligasi boʻlmagan boʻlsa-da, Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan oʻyinlarda ishtirok etar edi. Ammo "Banyana Banyana" laqabli Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi sharafini bir nechta turnirlarda himoya qilgan. Jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi COSAFA ayollar chempionati kubogi, Afrika ayollar millatlar kubogi va Fransiyada boʻlib oʻtgan 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatilarida oʻynagan. Adolatsiz gender tengsizliklariga qaramay, Janubiy Afrikaning ayol futbolchilariga butun dunyo boʻylab professional ligalar tomonidan qiziqish bildirib kelinmoqda. Ammo 2009-yilda tashkil etilgan yangi yarim professional liga ayollarga futbolda kelajakka intilish imkoniyatini berdi. Sasol ligasi Janubiy Afrikaning toʻqqizta viloyatidagi 144 jamoada oʻynaydigan 2800 nafar futbolchidan iborat. Liga maʼmuriyati juda kam korporativ homiylikka qaramay, ayollar futboli Janubiy Afrikada gullab-yashnashiga ishonch hosil qilishda qatʼiy harakat qilmoqda.

Jamoa tasviri



Laqabi



Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi „ Banyana Banyana“ nomi bilan tanilgan, soʻzma-soʻz „Qizlar“ degan maʼnoni anglatadi.

Murabbiylar shtabi



Hozirgi murabbiylar shtabi




Texnik xodimlar

Bosh murabbiylar tarixi




Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari



Hozirgi tarkib



Quyidagi futbolchilar 2022-yil oktabr oyida Avsrtaliya ayollar terma jamoasi bilan oʻtkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.

Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari



Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar




Eng yaxshi toʻpurar




Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari



Mintaqaviy




Chempion: 2022
Ikkinchi oʻrin: 1995, 2000, 2008, 2012, 2018
Uchinchi oʻrin: 2006, 2010

Ikkinchi oʻrin: 2003, 2007

Hududiy




Chempionlar: 2002, 2006, 2008, 2017, 2018, 2019, 2020
Ikkinchi oʻrin: 2011-yil

Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari



     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati




Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻtkaz(adi)gan oʻyinlar hisobi

Olimpiada oʻyinlari




Afrika ayollar millatlar kubogi




Afrika oʻyinlari




COSAFA ayollar chempionati




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz