Janubiy Afrika davlat madhiyasi
Janubiy Afrikaning davlat madhiyasi 1997-yilda qabul qilingan gibrid qoʻshiq boʻlib, unga inglizcha soʻzlar XIX asrda „Nkosi Sikelel' iAfrika“ (inglizcha: „God Bless Africa“, lit.'"Lord Bless Africa") madhiyasi bandalaridan olingan holda qo'shilgan. Shuningek, Afrikaans tilida yozilgan „Die Stem van Suid-Afrika“ (inglizcha: „The Voice of South Africa“) aparteid davrida Janubiy Afrika milliy madhiyasi sifatida ishlatilgan. Madhiyani yaratish uchun maxsus qo'mita tuzilgan Ushbu yangi mas’ul qoʻmita tarkibiga Anna Bender, Elize Botha, Richard Cock, Dolf Havemann (kotib), Mzilikazi Khumalo (rais), Masizi Kunene, Jon Lenake, Fotima Meer, Khabi Mngoma, Wally Serote, Johan de Villiers va Jeanne Zaidel-Rudolphlar kirgan.
Madhiya koʻpincha „Nkosi Sikelel' iAfrika“ soʻzining boshlanishi bilan ataladi, ammo bu nom hech qachon uning rasmiy nomi boʻlmagan. Madhiyaning rasmiq maqomi hamisha saqlanib kelgan.
Tarix
1940-yillarning oxiridan 1990-yillarning boshigacha Janubiy Afrikada oq tanlilar ustunligi va qora tanli aholining siyosiy manfaatlar uchun repressiyaga asoslangan institutsional irqiy ajratilishi orqali kamsitishning keng qoralangan tizimi boʻlgan aparteid deb nomlanuvchi tizim hukm surdi. Bu davrda Janubiy Afrikaning milliy madhiyasi „Die Stem van Suid-Afrika“ bo'lgan. Shuningdek, „Die Stem“ nomi bilan ham tanilgan. Ushbu madhiya Afrikaans tilidagi qoʻshigʻ boʻlib, u Voortrekkerlar va ularning „Buyuk sayohati“ haqida hikoya qiladi. „Die Stem“ 1918-yilda C.J.Langenhoven tomonidan yozilgan va 1921-yilda Martinus Lourens de Villiers tomonidan musiqaga solingan sheʼrdir. „Die Stem“ (inglizcha: „Janubiy Afrikaning ovozi“) 1938-1957-yillar oraligʻida „God Save the King“ bilan birgalikdagi milliy madhiya boʻlib, 1994-yilgacha yagona milliy madhiyaga aylangan. Die Stem van Suid-Afrika" (inglizcha: „Janubiy Afrika Ovozi“) sakkiz baytdan iborat edi (Asl toʻrtta afrikaans va toʻrtta inglizcha — afrikaans tilidan bir nechta oʻzgartirishlar bilan tarjimasi). U kamdan-kam hollarda butunligicha kuylangan. Odatda, birinchi bayt eng koʻp maʼlum boʻlgan va baʼzan oxirgi banddan keyin kuylangan.
Matn
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org