Jan-Pyer Serr
Jean-Pierre Serre (talaffuzi: Jan-Pyer Serr) (1926-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – fransiyalik matematik. Serre algebraik topologiya, algebraik geometriya hamda algebraik sonlar nazariyasi sohalariga hissa qoʻshgan. Olim 1954-yil 28 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan. Serre Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, John Milnor, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).
Serre 1948-yil Parisdagi Oliy normal maktabni tamomlagan. 1951-yil Paris universitetidan PhD darajasini olgan. 1956-yildan 1994-yil nafaqaga chiqqunicha Collège de Franceda ishlagan.
Serre bir necha xorijiy fanlar akademiyalarning aʼzosidir. Xususan, olim Fransiya fanlar akademiyasi, AQSh fanlar akademiyasi, Shvetsiya fanlar akademiyasi, Rossiya fanlar akademiyasi, Qirolli jamiyat hamda Niderlandiya qirolli fan va sanʼat akademiyasi aʼzosidir. Shuningdek, olim bir necha xorij universitetlaridan, jumladan, Cambridge, Oxford, Harvard universitetlaridan faxriy darajalarni olgan. 2012-yilda esa Amerika matematika
jamiyati aʼzosi etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org