Janoza
Janoza — islomda dafn etish marosimi; mayyit, murda, tobut. Qurʼonda Janoza toʻgrisida hech qanday koʻrsatma berilmagan. Fiqhga oid asarlarda Janozaga batafsil tavsif berilgan. Janoza marosimi turli musulmon mamlakatlarida turlicha boʻlib, islomgacha boʻlgan davrda ushbu xalqlarda mavjud boʻlgan tegashli urf-odatlar bilan qorishib ketgan. Biroq, amalda hamma yerda rioya qilinadigan asosiy qoidalarni ajratib koʻrsatish mumkin. Oʻlim
yaqinlashib kelayotganini sezgan musulmon kalimai shahodat keltirishi lozim. Agar uning
Janoza — keng maʼnoda — islomdagi dafn etish marosimi (qarang Dafn marosimi); mayit; tobut. Tor maʼnoda — vafot etgan musulmon erkak va ayol jasadini koʻmish oldidan oʻqiladigan namoz (saloti J.). J. marosimlari turli musulmon mamlakatlarida turlicha boʻlib, ular tegishli urf-odatlar b-n bogʻlangandir. Shariat koʻrsatmalariga qaraganda, J. namozi tirik tugʻilgan begunoh chaqaloqdan tortib, gunoh qilgan, qilmaganligidan qatʼi nazar barcha marhum va marhumalarga oʻqiladi. Qurʼon oyatlari va hadisi shariflarda ifoda etilgan qoidalarga koʻra, murdani yuvib, kafanga oʻrab, tobutga joylagach musulmonlar jamoati ishtirokida imom boshchiligida ado etiladi. J. namozini qiblaga yuzlangan holda, saf-saf boʻlib oʻqiydilar. „Azobda oʻlganlar“, shahid boʻlganlar yuvilmaydi va J. oʻqilmay koʻmilaveradi. Biror sabab b-n J.siz koʻmilgan boʻlsa, murda aynimay turib, qabr ustida J. namozi oʻqilishi mumkin. J. namozini oʻqish tiriklar zimmasidagi farzi kifoya amallardan boʻlib, uni bir guruh musulmonlar oʻqishi b-n boshqa kishilar zimmasidan soqit boʻladi. Islom diniga koʻra, marhum J.siz koʻmilgan taqdirda imkoniyat boʻla turib J. oʻqimagan kishilar gunohkor hisoblanadilar. J. namozi 5 vaqt oʻqiladigan namozdan koʻp jihatdan farq qiladi. Maye, J. namozida toʻrt takbir, sano, salavot, duo va salom b-n kifoyalaniladi. Unda ruku, sajda, qiroat, qaʼda, tashaxdud kabi amallar yoʻq.
Abdulaziz Mansur.
oʻzi buni amalga oshira olmasa, uni boshqa odam qulogʻiga shivirlab aytishi lozim.
Bemor Yosin surasini oʻqishi yoki eshitishi kerak. Oʻlim sodir boʻlgandan keyin
murdaning yuzi qiblaga qaratib qoʻyiladi. Undan soʻng murdani odatda maxsus odam -
gʻassol yuvadi (gʻusl qiladi). Gʻusldan soʻng murda 2-5 qavatdan iborat toza matoga oʻralib kafanlanadi. Kafanlik odatda, oq, yashil, qora mato boʻlishi mumkin. Murdaning koʻzini yumib, engagi bogʻlanadi. Tizzalari bir-biriga bogʻlanib, qoʻllari koʻkragiga buklab qoʻyiladi. Shundan soʻng uyida yoki masjidda marhumga Janoza namozi oʻqiladi. Oʻz joniga qasd qilgan va dinsizlarga Janoza oʻqilmaydi. Chaqaloq loaqal bir marta ovoz
chiqarib yigʻagan boʻlsa unga Janoza oʻqiladi. „Shahid ketganlar“ gʻusl qilinmaydi va qanday
kiyimda qazo qilgan boʻlsa, oʻsha kiyimda dafn etiladi. Janoza oʻqilmaydi. Agar oʻlim ertalab
sodir boʻlgan boʻlsa, oʻsha kuni (imkon boricha, kun botgunga qadar), agar kunduzi yoki
kechasi vafot etgan boʻlsa ertasiga dafn etiladi. Ayollar odatda, dafn marosimida
qabristonga borishmaydi. Ularning qattiq ovoz chiqarib yigʻlashlari ham man etiladi.
Qabrga mayyitning yaqin qarindoshlarini tushirishadi va uning yuzi qiblaga qaratib
qoʻyiladi. Qabr imkon boricha kengroq qilib kavlanadi, uning yon burchagida tuynuk
boʻlib, undan pastga qaragan lahadga tushiladi. Unda eʼtiqodga koʻra, Munkar va Nakir
savol-javobga kelganda mayyit „oʻtira oladigan“ boʻlishi lozim. Buning uchun kafandagi
bogʻichlar ham boʻshatib (echib) qoʻyiladi. Dafn marosimi Qurʼon sura (odatda 1,2, 18,
36, 44, 97-sura)larini oʻqish bilan yakunlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org