Janne Lundblad




Janne Lundblad (Shvedcha. Janne Lundblad ;1887-yil 11-aprel — 1940-yil 24-noyabr Stokgolm, Shvetsiya) — shved chavandozi. 1920-yilgi Olimpiya chempioni, 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori.

Biografiya



Janne Lundblad 1877-yil 11-aprelda Shvetsiyaning Linköping shahrida tavallud topgan.

Martaba



Shvetsiya armiyasining aʼzosi edi. Faoliyatining boshida u Småland gussarlarida xizmat qilgan. 1902-yilda esa u Qirollik Gotaland logistika kuchlarida leytenant boʻldi. Keyinchalik Lundblad kapitan unvonini qolga kiritdi.

Soʻngra, Lundblad Stokgolm va Osloda chavandozlik boʻyicha oʻqituvchi boʻldi.

Ot sporti musobaqalarida Gyotenborgning A2 klublari va Skövdening T2 klublarini taqdim etdi.

1920-yilda Janne Antverpen yozgi Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya jamoasiga qoʻshildi. Uno otini minib, yakkalik turnirda 27,9375 ball bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

1928-yilga kelib u Amsterdamdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya terma jamoasiga qoʻshildi. 8 yil oʻtgach, u Shvetsiya terma jamoasi bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Soʻngra, Blekmar otini minib, u 226,70 ball toʻplagan holda shaxsiy saralash bahslarida yana bir bor oltin medal sohibi germaniyalik Karl fon Langendan 10,72 ball ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. Umumjamoa hisobida Shvetsiya terma jamoasi tarkibida Rangar Olson va Karl Bonde bilan birgalikda 650,86 ochko jamgʻarib, Germaniya terma jamoasiga 18,86 ochko yoʻqotib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

1940-yil 24-noyabrda Janne Lundblad Stokgolmda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz