Janne Ahonen
Janne Petteri Ahonen — (1977-yil 11-mayda tugʻilgan) Finlandiyaning sobiq changʻi sakrash yoʻnalishidagi sportchisi va drag-poygachisi hisoblanadi. Janne 1992-yildan 2018-yilgacha changʻida sakrash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan va sportning barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli sportchilaridan biri, shuningdek Finlandiyadagi eng muvaffaqiyatli sportchilardan biri hisoblanadi. Ahonen ketma-ket ikkita Jahon kubogi, Toʻrt tepalik turnirida besh marta rekord, Jahon chempionatlarida ikkita yakkalik bahslarida oltin medal va bir marta Shimoliy turnirida gʻolib boʻlgan. Kuningaskotka („Qirol burgut“) laqabli Ahonen qishki Olimpiya oʻyinlarida hech qachon yakkalik medallar qoʻlga kiritmagan eng buyuk changʻichi sifatida taʼriflangan.
Faoliyati
Ahonenning eng koʻzga koʻringan yutuqlari orasida beshta Jahon chempionati (1997-yilda oddiy tepalik; 2005-yilda katta tepalik; 1995-yil, 1997-yil va 2003-yillarda jamoaviy katta tepalik), ikkita Jahon kubogi (2003—2004-yil va 2004—2005-yil) va rekord darajadagi beshta chempionlik unvonlari ham bor. Toʻrt tepalik turniridagi gʻalabalar (1998—1999-yil, 2002—2003-yil, 2004—2005-yil, 2005—2006-yil va 2007—2008-yillar). U Jahon kubogi ochkolari, podiumlar (133) va eng yaxshi 10 ta urinishlari (245 m) boʻyicha barcha davrlarning yetakchisi hisoblangan. Jahon kubogida 36 ta gʻalaba qozongan Ahonen Gregor Shlierenzauer, Matti Nykänen va Adam Malishdan keyin toʻrtinchi oʻrinda turadi. 2005-yilda Ahonen Finlandiyada yilning eng yaxshi sport shaxsi deb topilgan.
2013-yil 10-yanvarda matbuatga bergan interyusida Ahonen 2014-yil Sochida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida yakkalik bahslarida medal qoʻlga kiritish maqsadida ikkinchi marta istefoga chiqishini eʼlon qilgan. Aynan Rossiyadagi musobaqada oddiy tepalikda 29-oʻrinni, katta tepalikda esa 22-oʻrinni egallagan. Ahonen Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiyaning changʻidan sakrash boʻyicha jamoasi aʼzosi boʻlib, u yerda shaxsiy musobaqalarda 27 va 40-oʻrinlarni egallagan va jamoaviy musobaqada Finlandiya jamoasi tarkibida sakkizinchi oʻrinni egallagan.
2018-yil oktyabr oyida Ahonen uchinchi marta musobaqada sakrashdan nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan va „Men changʻida sakrashni hech qachon tashlamayman. Hohlaganimda sakrashni davom ettiraman, lekin boshqa hech qanday musobaqada qatnashmasligimni tasdiqlayman“ deb izoh bergan.
Olimpiya oʻyinlari
Turnir jadvali
Manbalar
uz.wikipedia.org