Jannatga taklifnoma kitobi haqida
Jannatga taklifnoma kitobi hozirgi talab yuqori boʻlgan kitoblar sirasiga kiradi. Ushbu kitobda boshqa din vakillari, ateistlar, missionerlar, buddistlar va shu kabi insonlarning qanday qilib haqiqiy iymon nurini topganligi haqida hayotiy hikoyalari dialog shaklda baton etiladi. Ushbu kitob turk yozuvchisi Adam Uzkusa qalamiga mansub bo‘lib, turk tilidan o‘zbek tiliga Marziya Saydam tarjima qilgan.
YOZUVCHI HAQIDA
Adam Uzkusa 1978-yil Samsungning Chorshanba rayonida tug'ilgan. Marmara universitetining Aloqa fakulteti Jurnalistika bo'limida o'qigan. Jurnalistlik faoliyatini 2004-yilda «Vaqt» gazetasida boshlagan. U Turkiyada urush muxbiri sifatda tanilgan. Iroq, Afg'oniston, Ratani, Kashmir, Suriya, Janubiy Livan, G'azo, Darfur va Moro kabi urush va inqiroz xududlarida muxbirlik qilgan. «Xaqiqiy hayot» jurnalining O'rta Sharq vakili edi. Keyinchalik «Sanjakdor» jurnalida ishladi. "Tirilish pochtasi" gazetasida ishlagan. Uning butun dunyoga safarlari asosiyda xujjatli filmlar ishlandi. Bu hujjatli filmlar TRT va boshka Turkiya kanallarining hammasida namoyish qilingan
Kitoblar:
1. «Jannatga taklifnoma».
2. «So'zning sabri».
3. «Ummat jugrofiyasi».
4. «Sayyoh».
5. «Maqsadimiz-Islom olami».
6. «Qochoq yo'lovchi».
Injildagi viruslar
Muhammad Farxon malayziyalik mashhur davatchilaridan biridir. Musulmon boʻlganidan keyin Qur'onni yod olgan va Misrdagi al-Azhar universitetida oʻqigan. U shu vaqtgacha ikki mingdan ortik kishining musulmon boʻlishiga sabab boʻldi. Xristianligidagi ismi Rastor Yuhanis edi. Muhammad Farhanning otashi Malayziyaning bosh ruhoniysi edi, uning musulmon boʻlganligini eshitib, uni uydan quvgan edi. Ammo Muhammad yetti yil davomid har kuni ota-onasiga maktub yozib ularni Islomga da'vat qildi. Uning yetti yillik mujodalasidan keyin otasi, onasi va qarindoshlarining hammasi musulmon boʻlgandi.
- Xristian bir pop ekansiz qanday qilib yoʻlingiz Islom bilan birlashdi?
- Otam Malayziadagi nasroniylar katoliklarinig bosh ruhoniysi edi. Bolaligim cherkovda kechdi, otam meni yaxshi bir xristians qilib tarbiyalab yetishtirdi. Yetti yil davomid otam menga missionerlik taʼlimini berdi. Keyin men ham o'z faoliyatimni boshladim.
- Faoliyatni qayerdan boshladingiz?
- Indoneziyaning Vadun hududidagi missionerlarga qoʻshildim. Keyin u yerdagi faoliyatimni to'xtatib Malayziyaga kelib Seradagi bir litseyda o'qituvchilik qildim. Litseyda turli dinlarga mansub o'quvchilar bor edi. Bir kun musulmon sinflarga dars beradigan oʻqituvchilar bilan bahslashib qoldim. Keyin Qur'on o'qib, Qur'onning kamchiliklarini topib, bu o'qishtuvchilarni izza qilishni maqsad qilib oldim. Ammo Qur'onki o'qiganim sari fikrlarim o'zgara boshlanadi.
- Fikringizni o'zgartgan narsalar nimalar ekan?
- Qur'ondagi "Maryam", "Saf" va "Yusuf" suradari meni o'zgartirdi. Litseydagi musulmon oʻqituvchilar bilan xaliyam tortishardim, ulardan oyatlarga izox berishini talab qilardim. O'zim ham bir tomondan Ahmad Diydotning kitoblarini o'qiy boshladim. Va Barnabas Injilini ham oʻqidim. Unda ochik-oydin shaklda Axmad ismli bir payg'ambarning kelishi haqida mujda berilgandi.
- Bu izlanishlaringiz necha yil davom etdi?
- Naq o'n yil davom etdi bu izlanishlarim. O'n yildan keyin Islomning xaq din ekanligiga ishonib, musulmon boʻldim.
- Qur'on va Injil orasidagi qanday farqlarni oʻrgansiz?
- Eng ahamiyatli farq eʼtiqod mavzusida edi. Injilda bir-biriga mos bo'lmagan, qarama-qarshi bir necha viruslar bor. Fakat ikki kitobni qiyoslab oʻkiganlargina bu viruslarning farqiga boradi. Bundan tashkari, musulmon boʻlishimga ko'rgan tushim ham bir tushim sabab boʻlgan.
- Qanday tush edi u?
- Tushimda bir jarlikning yonida turibman, jarlikning ichi vaxshiy xavonlar bilan to'la edi. Birdan bir nur xalqasi menga yaqinlashdi va undan ovoz eshitdim: «Agar bu chohga tushishni xoxlamasang, "Fotixa surasini" oʻqi». Men «Fotiha»ni bilmaman», dedim. Nurdan yana ovoz keldi – u «Fotiha»ni o'qigandi. Bu tushimning taʼsiridan xech chiqa olmadim. Albatta, bu xam Islomni sevishimga sabab bo'ldi.
– Musulmon bo'lgach hayotingizda o'zgarishlar boʻldimi? - Ha, avvalo Qur'onni yod oldim - 30 poraning hammasini. Misrda o'qib keldim, Seba hududida ikkita Qur'on kursi ochdim. 50 nafar qori yetishtirdim. Ammo hayotimni o'zgartirgan muammolarimdan iztiroblisi otam bilan oramizning buzilishi edi.
- Qanday muammo edi u?
- Islomga kirgan kunimdan boshlanib uyda namoz o'qiyman. Onam mendan nega musulmonlar kabi ibodat qilding deb so'radi. Chunki musulmon bo'ldim dedim. U darrov otamga xabar berdi. Otam yetib keldi, «Shu toʻg'rimi», - dedi. Men: «Xristianlikdan voz kechdim, musulmonman, dedim. Otam devorda osiklik turga miltiqni qoʻliga oldi va meni otdi. Onam miltiq ustiga oʻzini otib uni devor tarafga otishiga erishdi. Keyin uydan ketdim. Otam bosh rohoniy boʻlgani uchun mening musulmon boʻlishimni o'zi uchun isnod deb bilardi. Ammo men hech umidsizlikka tushmasdan yetti yil davomida har kuni ota-onamga xat yozib ularni islomga daʼvat qildim. Yetti yil davomida har kecha taxajjudga turdim va Alloximga ota-onamni ham hidoyatga boshla deya yolvordim. Yetti yildan keyingi ota-onam va qarindoshlarimning hammasi musulmon boʻlishdi
Siz Malayziyada ko'zga ko'ringan notiqsiz. Da'vatchilik faoliyatingiz davomida necha kishining musulmon boʻlishiga sabab bo'ldingiz?
- Ikki mingdan ortig' kishining Islomga kirishiga vasila bo'ldim. O'n beshta kishloqda uyma-uy yurib da'vat qildim . O'n beshta qishloqdagilarning hammasi musulmon boʻldi.
Soʻngi soʻzingiz?
-Iymon musulmonlar uchun eng buyuk ne'matdir. Buning qadrini bilaylik.
uz.wikipedia.org