JANNAT PASHSHAXO’RLARI



JANNAT PASHSHAXO’RLARI, jannat chivinxo’rlari (Terpsiphone) — pashshaxo’r (chivinxo’r)lar oilasi urug’iga mansub qush. Narisining boshida kokili bo’ladi, dumidagi patlaridan bir jufti juda uzun. 10 ga yaqin turi bor, tropik Afrika, Avstraliya, Janubiy va Sharqiy Osiyoda uchraydi. O’zbekistonda dumparast (T. paradisi) tog’li o’rmonlarda yashaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz