Jannat Ismoilova




Tarix fanlari doktori, professor J. X. Ismoilova 1959-yil 14-oktabrda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1980-yilda TDPIning tarix fakultetini tamomlagan.

Olima faoliyatini 1979-yilda FA Tarix institutidan boshlagan. 1985-yildan — 2005-yilgacha O'zbekiston tarixi davlat muzeyida
kichik ilmiy xodim, boʻlim mudiri, muzey direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2005-yildan to hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori.

J. X. Ismoilova 1988-yilda „Toshkent shahrining ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayoti (XIX asr yakkinchi yarmi XX asr boshlari)“ mavzusida nomzodlik, 2002-yilda „Fargʻona vodiysida milliy-ozodlik harakatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti „Muzeyshunoslik“ kafedrasi professori, muzeyshunoslik boʻyicha qator maqolalar, darslik va uslubiy qoʻllanmalar chop etgan. OʻzR FA Tarix instituti qoshidagi Ilmiy kengash aʼzosi, M. Ulugbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Ilmiy seminari aʼzosi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, „Oʻzbekiston — AQSH“, „Oʻzbekiston — Belgiya“ jamiyatlari aʼzosi, „Moziydan sado“ jurnali tahrir hay’ati aʼzosi. Oʻzbekistonning 25 dan ortiq muzeylarida yangi statsionar ekspozitsiyalarni yaratishda faol ishtirok etgan. Respublikamizdagi birinchi Bolalar muzeyining (2011-y.) muallifi va tashkilotchisi. Respublikada muzeyshunoslik va muzey pedagogikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot maktabi asoschisi. 2011-yili „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Nashr ishlari



Bir qator respublika va xalqaro anjumanlar ishtirokchisi, 100 dan ziyod ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarning muallifi. Shu jumladan asosiylari:

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz