Janna Friske
Janna Vladimirovna Friske (qizlik familiyasi
Kopilova ; 1974-yil 8-iyul, Moskva, SSSR – 2015-yil 15-iyun, Balashixa, Moskva viloyati, Rossiya) – rossiyalik estrada xonandasi, teleboshlovchi va kino aktrisa. 1996-yildan 2003-yilgacha „Blestyashchiye“ guruhining qoʻshiqchisi. Yakkaxon faoliyati 2003-yildan 2013-yilgacha davom etgan. „Pesnya goda“ festivali laureati.
Biografiyasi
Yoshligi
Janna Friske 1974-yil 8-iyulda Moskvada tugʻilgan. Uning egizak akasi tugʻilgandan koʻp oʻtmay irsiy kasallik tufayli vafot etgan. Moskvaning Perovo tumanidagi 406-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. 1991-yilda maktabni tugatgan. Maktabdagi havaskorlik tomoshalarida qatnashgan. Xonanda badiiy gimnastika va akrobatika bilan shugʻullangan, balet studiyasi va bal raqsi maktabida raqsga tushishni oʻrgangan.
Maktabni tugatgach, qoʻshiqchi Moskva davlat universitetining falsafa fakultetiga kirishga harakat qilgan, ammo imtihonlardan oʻta olmadi; bir yilini yoʻqotmaslik uchun Moskva davlat universitetining madaniyatshunoslik fakultetiga oʻqishga kiradi, u yerdan jurnalistika fakultetiga oʻqishini koʻchiradi, lekin oʻqishni tugatmagan. Qisqa vaqt davomida ofis mebellarini sotish boʻyicha menejer boʻlib ishlagan.
Ijodi
1996-yilda qoʻshiqchi mashhur „Blestyashchiye“ musiqiy guruhida ijodiy faoliyatini boshlaydi. Dastlab badiiy rahbar sifatida raqslarni va sahna tasvirlarini qoʻyish bilan shugʻullangan, keyinchalik esa vokalchi sifatida faoliyat olib borgan. Friskening guruhdagi faoliyati davomida 4 ta disk yozilgan va 3 ta kontsert dasturi chiqarilgan. Friskening guruhdagi sherigi Olga Orlova boʻlgan boʻlib, Friske umrining oxirigacha Orlova bilan doʻst boʻlib qoladi.
2001-yilda hali Blestyashchiye guruhi aʼzosi boʼlganida, qoʻshiqichi oʻzining „Lechu v temnotu“ qoʻshigʻiga ilk yakkaxon videoklipini (rejissyor Roman Prigunov) suratga oldiradi.
2003-yilda Janna Friske „Posledniy geroy-4“ realiti-shousida ishtirok etib, finalga chiqqan. Suratga olish ishlari olib borilgan oroldan qaytgach, Friske oʻzining guruhdan ketganini va yakkaxon faoliyatini boshlaganini eʼlon qiladi.
2004-yilda birinchi marta qoʻshiqchi ishtirok etgan film chiqadi, Sergey Lukyanenkoning „Nochnoy dozor“ ilmiy-fantastik romani asosida olingan xuddi shu nomli filmda Janna Zavulonning maʼshuqasi jodugar Alisa Donnikova rolini oʻynagan. Uning ishtirokidagi epizodlarning aksariyati kesib tashlangan (xususan, davomiy ishqiy sahnalar). Filmning davomi „Dnevnoy dozor“da Friske qahramoniga muhim ahamiyat berilgan. 2004-yil oktyabr oyida Andrey Gubin tomonidan yozilgan „La-la-la“ qoʻshigʻiga videoklip surata olish ishlari boʻlib oʻtadi. Videoklip rejissyori Roman Prigunov, operator Vladislav Opelyans boʻlgan.
2005-yil iyun oyida „Gde-to letom“ qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olindi. Oʻsha yilning kuzida qoʻshiqchining yagona yakkaxon albomi „Janna“ chiqqqan. Albomning ovoz prodyuserlari xonandaning bastakori va prodyuseri Andrey Grozniy va Sergey Xaruta boʻlishgan. 4 oktyabr kuni Metelitsa koʻngilochar majmuasida disk taqdimoti boʻlib oʻtgan.
Tanqidchi Boris Barabanovning soʻzlariga koʻra, Firske guruhni tark etganidan keyin oʻz faoliyatidagi eng yaxshi va eng kam baholangan „Vestern“ qoʻshigʻini yozgan. Bu qoʻshiq soʻzlarining muallifi Noize MC boʻlib, 2009-yilda qoʻshiqni Friske Tanya Teryoshina bilan birga kuylagan.
2005-yilda Friske „Posledniy geroy“ realiti-shousining beshinchi qismida ishtirok etadi. Qoʻshiqchi „Serdse Afriki“, „Imperiya“, „Sirk so zvyozdami“ va „Sirk“ televizion loyihalarida ham ishtirok etgan.
2007-yil oktyabr oyida „Ya bila“ qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olingan va 2008-yil iyul oyida „Janna Friske“ qoʻshigʻining videoklipi chiqqan. Oʻsha yili Friske „Lednikoviy period 2“ loyihasida ishtirok etadi va u yerda avval Vitaliy Novikov, keyin esa Maksim Marinin bilan juftlikda konkida uchgan.
2010-yil mart oyida „O chyom govoryat mujchini“ filmi chiqadi, unda Friske oʻzini oʻynagan. „Kto ya?“ detektiv serialida bosh qahramon ayol rolini oʻynagan.
Janna Friske Maxim, Top Beauty, InStyle, OK!, Allure va Elle kabi turli jurnallarda suratga tushgan. Matbuotda mashhur va badavlat ayol sifatida tilga olingan. Orient Watch, Rexona va Aktivia yogurti kampaniyalarining reklama yuzi boʻlgan.
2011-yil may oyida Friske „Mashinalar 2“ multfilmining ruscha dublyajida Holley Shiftwell nomli personajga ovoz bergan. Oʻsha yilning 29-sentyabrida reper Jigan bilan birga yozilgan „Ti ryadom“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtdi. Noyabr oyida Pavel Xudyakov boshchiligida ushbu kompozitsiya uchun videoklip suratga olish ishlari boʻlgan va 4-dekabr kuni „Gorbushkin dvor“ savdo majmuasida videoklip taqdimoti oʻtkazilgan. Dekabr oyida Friske italiyalik qoʻshiqchi In-Grid bilan birgalikda „Padayet sneg“ qoʻshigʻini yozishgan.
2011—2012-yillarda Friske MTVda „Kanikuli v Meksike“ realiti-shousining dastlabki ikki faslida boshlovchilik qilgan, keyinroq esa uning oʻrnini Alyona Vodonayeva egallagan.
2012-yil iyul oyida qoʻshiqchi ChinKong Production leybli prodyuserligida „Navsegda“ singlini chiqaradi. Sentyabr oyining oxirida Pavel Xudyakov rahbarligida ushbu kompozitsiyaga videoklip suratga olingan.
2016-yilda internetga 2006—2013-yillarda yozilgan Friskening 8 ta nomaʼlum audioyozuvi (jami 25 ta) qoʻyiladi.
2016-yilda qoʻshiqchi xotirasi uchun „Janna Friske – Ya ryadom“ xayriya loyihasi yaratildi.
2017-yilda „Janna Friske – Ya ryadom“ nomli qoʻshiqlar toʻplami chiqdi. Unga xonandaning doʻstlari va hamkasblari tomonidan ijro etilgan 23 ta kompozitsiya kiritilgan.
Friskening butun ijodiy faoliyati davomida Andrey Grozniy va Andrey Shlikov prodyuserlari boʻlishgan. Oradan 6 yil oʻtgach, 2023-yilda „Blestyashchiye“ guruhi Janna ovozi bilan „A na more beliy pesok“ qoʻshigʻining yangi versiyasini chiqarishadi.
Kasallik va oʻlimi
Janna Friske kasalligi haqida farzand koʻrganidan bir necha oy oʻtgach bilib qolgan. 2013-yil iyun oyining boshida oʻgʻli Platonni dunyoga keltirganidan koʻp oʻtmay, bosh ogʻrigʻidan shikoyat qila boshlagan. Friske AQSh va Germaniyada davolangan. Oʻsha yilning kuzida Friske omma oldida koʻrinishni va Instagramda kunlik fotosuratlarini joylashtirishni toʻxtatadi. 2014-yil 15-yanvarda ommaviy axborot vositalarida kasallik haqida birinchi xabarlar eʼlon qilingan. 20-yanvar kuni oilasi va qarindoshlari Friskening rasmiy veb-saytida uning ogʻir kasal ekanligi haqida bayonot berishadi. Friskening otasining soʻzlariga koʻra, unga operatsiya qilib boʻlmaydigan miya shishi boʻlgan glioblastoma tashxisi qoʻyilgan. Tashxisni onkolog Mixail Davidov tasdiqlagan. 2014-yil yanvar oyidan boshlab qoʻshiqchi Nyu-Yorkdagi Memorial Sloan Kettering Cancer Center klnikiasida davolanadi.
„Perviy kanal“ qoʻshiqchining davolanishi uchun mablagʻ toʻplash tadbirini oʻtkazadi. 2014-yil 24-yanvaga koʻra, 66 447 800 rubl yigʻilgan. Yana 1 307 615 rubl Rusfond hisobiga oʻtkazilgan. Janna Friskening oʻzi Rusfond veb-saytida unga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiradi. Toʻplangan mablagʻning qolgan qismi navbatda turgan, saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun sarflanishi kerak boʻlgan. 30-yanvar kuni Sharon Osbourne oʻzining videomurojaatida Friskaga yordam berishini eʼlon qiladi. 2016-yil yanvar oyida Rusfond tomonidan Friskeni davolash uchun oʻtkazilgan 20 million rubldan ortiq pul oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi.
2014-yilning yozidan boshlab, uzoq muddatli davolanishdan soʻng, Friske Latviyaning Yurmala shahrida reabilitatsiyadan oʻtadi va u yerda oʻzining 40 yoshini nishonlaydi. Qoʻshiqchi Xitoyda davolanish kursini davom ettirgan. Oktyabr oyida qoʻshiqchi Moskvaga qaytib keladi, nogironlar aravachasidan voz kechib, mustaqil ravishda harakatlana boshlaydi.
2015-yil 7-fevralda Sochidagi XXII Olimpiya oʻyinlarining bir yilligiga bagʻishlangan „Segodnya vecherom“ dasturida qoʻshiqchining soʻnggi intervyularidan biri telefon orqali oʻ'tkaziladi va boshlovchi Andrey Malaxov Friske Los-Anjelesdagi klinikada davolanishni qayta boshlaganini eʼlon qiladi. Keyinchalik davolanish Moskvadagi N. N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazida davom ettirgan. Davolanish jarayonida xonandaning ahvoli asta-sekin yomonlashdi, hayotining soʻnggi uch oyi komada boʻlgan va 2015-yil 15-iyun kuni soat 22:07 da Moskva yaqinidagi Balashixadagi uyida 40 yoshida vafot etgan. Vidolashuv marosimi 17-iyun kuni Crocus City Hall konsert zalida boʻlib oʻtgan. Dafn marosimi 18-iyun kuni Yeloxovdagi Bogoyavlensk soborida boʻlib oʻtgan. Qoʻshiqchi Nikolo-Arxangelsk qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi
Shaxsiy hayoti
„Blestyashchiye“ guruhida faoliyat olib borgan payti Friske guruh prodyuseri Andrey Grozniy bilan uchrashadi. Guruhni tark etish bilan birga prodyuser bilan ham hamkorlikni toʻxtatgan.
2009-yilda Andrey Grozniy qoʻshiqchiga turmush qurishni taklif qiladi, lekin Friske rozi boʻlmagan, chunki prodyuser boshqa ayol ishqiy munosabatda boʻlgan va undan ayol allaqachon homilador boʻlgandi. Ular qoʻshiq va konsertlar ustida birgalikda ishlashda davom etadilar. 2011-yilda ish munosabatlari ham tugagan. V 2011 godu prekratili i rabochie otnosheniya.
2004—2005-yillarda Friske aktyor Dmitriy Dyujev bilan ishqiy munosabatda boʻlgan.
Turmush oʻrtogʻi teleboshlovchi Dmitriy Shepelev. Oʻgʻli Platon Shepelev (2013-yil 7-aprelda tugʻilgan). Platonning choʻqintirgan onasi qoʻshiqchi Olga Orlova.
Diskografiyasi
„Blestyashchiye“ guruhi tarkibida
Yakkaxon albomi
Toʻplamlar
Singllar
„Blestyashchiye“ guruhi tarkibida Yakkaxon faoliyatida Filmografiyasi
Dublyaj
Hujjatli filmlar
Televideniye
Videokliplari
„Blestyashchiye“ guruhi tarkibida
Boshqa qoʻshiqchilarning kliplarida
Yakkaxon faoliyati
Chartlar
Yutuqlari
Oltin grammofon
Muz-TV mukofoti
Pesnya goda
MTV Russia Movie Awards
Fashion People Awards
Glamour Awards
Zvukovaya dorojka
Xotira
Manbalar
uz.wikipedia.org