Jan-Moritz Lichte




Jan-Moritz Lichte (1980-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi, Turkiya terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlaydi. Futbolchi sifatida u KSV Baunatal jamoasida oʻynagan. U 2017-2020-yillarda „Mainz 05“da menejer yordamchisi boʻlgan.

Futboldagi karyerasi



Lichte futbolchilik faoliyatini KSV Baunatal yoshlar jamoalarida boshlagan. 1998-yilda ularning asosiy jamoasiga oʻtishdan oldin, toʻqqiz mavsum davomida yarim himoyachi sifatida Oberliga Gessenda 258 marta maydonga tushdi. 2007-08-yilgi mavsumda Lichte SC Paderbornning zaxira jamoasida oʻynadi. 2009-yil aprel oyida u 29 yoshida nafaqaga chiqdi. 

Menejerlik lavozimi



Lichte murabbiylik boʻyicha 2009-yilda kursning eng yaxshisi sifatida topshirgan. U Hennes-Weisweiler-Academy akademiyasida Sascha Lewandowski bilan bir qatorda kursni oʻtagan

Lichte 2012-yildan 2014-yilgacha Bundesliga vakili „Bayer“da bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2014-15-yilgi mavsumda u Hannover 96 ga yordamchi murabbiy sifatida oʻtdi va keyingi mavsumda klubdagi yoshlar jamoalariga mas’ul boʻldi. 

2017-18-yilgi mavsumdan boshlab Lichte „Mainz 05“ bosh murabbiyi yordamchisi boʻlgan. Bundesliganing 2019-20-yilgi yettinchi oʻyinida u oldingi oʻyinda murabbiy Sandro Schwarzga hakam tomnidan qizil kartochka koʻrsatilgani uchun SC Paderbornga qarshi jamoani boshqarishga mas’ul boʻladi. U 2020-yilning sentyabr oyida jamoa bosh murabbiyi Achim Beierlorzer bilan xayrlashganidan soʻng vaqtinchalik bosh murabbiy boʻladi. U 2020-yil 28-dekabrda ishdan bo‘shatiladi. Uning soʻnggi oʻyini 2020-yil 23-dekabrda VfL Bochumga qarshi DFB-Pokal bilan boʻlib oʻtadi. U yerda Maynz bilan oʻyinda magʻlub boʻladi. U bitta gʻalaba, toʻrtta durang va yettita magʻlubiyat qayd etadi.

Shaxsiy hayoti



2008 yilda Lichte Paderborn universitetini sport fanlari boʻyicha tamomlagan. Uning ukasi Xenning 2004-05-yilgi Regionalliga Südda „Maynz 05“ning zaxira jamoasida oʻynagan.

Boshqaruv davri



2020-yil 23-dekabr holatiga ko'ra

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz