Janine Chamot




Janine Chamot (1983-yil 4-fevralda tugʻilgan) — shveysariyalik futbolchi. Shveysariya milliy ligasining YB Frauen jamoasi va Shveysariya ayollar terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Shaxsiy hayoti



Shveytsariyaning Morrens shahrida tugʻilgan Janine Astrid va Jan-Pol Chamotning qizi. Uning bitta singlisi bor. Uning singlisi yoshlik davrlarida sotuvchi boʻlib ishlagan va hozirda xaridlar boʻyicha menejer boʻlib ishlaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Chamot futboldagi faoliyatini 1993-yilda FC Köniz jamoasida boshlagan. 1997-yilda u Bern FFCning yoshlar va yosh ayollar jamoasiga oʻtadi. Ushbu klub tarkibida 1-oʻrinbosarlar jamoasida oʻynaydi. Ikki yil ichida u NLAdagi asosiy jamoaga oʻtadi. Chamot 1999-2000 va 2000-2001-yilgi mavsumlarda Bern FFC jamoasi tarkibida toʻp suradi. 2009-yildan boshlab Bern FFC BSC Young Boys Betriebs AG, BSC Young Boys xoldingi tarkibiga kiritiladi va oʻshandan beri jamoa NLAda YB Frauen nomi bilan qatnashadi. 2010-yilda Chamot ayollar oʻrtasida yilning eng yaxshi darvozaboni unvoniga sazovor boʻladi. Jamoa 2010/2011-yilgi mavsum yakunida Shveysariya chempionligini qoʻlga kiritadi.

Xalqaro faoliyati



Janine Chamot 1996-1999-yillar oraligʻida 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar terma jamoasida oʻynagan. U Shveysariya U-19 terma jamoasida yoshlar miqyosida oʻynab, 2000-yil 10-iyulda UEFA U-18 Yevropa chempionati saralashining birinchi bosqichida Farer orollari U-19 terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan va u jamoasi bilan o‘z uyida 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2002 va 2008-yillar oraligʻida Chamot Shveysariya terma jamoasida safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. Lekin u asosiy tarkib darvozaboni emas, balki asosiy darvozabon Marisa Brunnerdan keyingi zaxira darvozaboni boʻlgan.

Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz