JANGLISH — Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanidagi qurib qolgan ko’l. Orol dengizining Janubdagi Oqqal’a ovuli yonida. Suvga to’lgan payt-joylarida qamish va qo’g’a o’sgan. Janglishga Amudaryo tarmoqlaridan toshgan suvlar va sizot suvlari quyilgan. Kichik o’zanlar orqali Amudaryo va Dumaloqko’l bilan tutashib turgan. Janglishda ondatra urchitilgan va ovlangan, har xil baliq va suv parrandalari yashagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish