Janggoh




Janggoh — jang maydoni. Bu maʼno oʻtmishda maʼrakagoh, dorulharb kabi istiloxlar bilan ham ifodalangan. Boʻlajak jangdan oldin har bir sarkarda J.ni bevosita oʻzi tanlagan, koʻzdan kechirgan. J.ning tekis, keng va qoʻshin qismlarini joylashtirishga qulay boʻlishi talab qilingan. Ayniqsa, J.ning ichimlik suv manbaiga yaqin boʻlishi hamda jang paytida quyosh nurining askarlar koʻziga tushmasligi maqsadga muvofiq hisoblangan. J. tanlash — tovochi zimmasida boʻlgan. J.ning noqulayligi baʼzan magʻlubiyatga ham sabab boʻlgan. Maye: Anqara jangida Amir Temurning ustalik bilan J.ni tanlashi va bu bilan raqibi turk sultoni Boyazidni oʻzi uchun noqulay J.da jang qilishga majbur qilishi turklarning bu jangda magʻlubiyatga uchrash sabablaridan biri boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz