Jang So-yeon
Jang So-yeon (koreyscha: 장소연; 1980-yil 28-yanvarda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa. Sukmyung Xotin-qizlar universitetining ingliz va xitoy tillari fakulteti bitiruvchisi. So-yeon 2001-yilda ilkbor aktyorlik rolini ijro etgan. Oʻshandan beri u koʻplab spektakllar, filmlar va teleseriallarda rol ijro etadi. U „My Father Is Strange“ (2017), „Something in the Rain“ (2018) va "Crash Landing on You (2019) filmlaridagi rollari bilan tanilgan. So-yeon „Veteran“ (2015) va „Peninsula“ (2020) kabi filmlarda rol oʻynagan.
Faoliyati
Jang So-yeon Sukmyung Xotin-qizlar universitetining ingliz va xitoy tillari fakultetini tamomlagan. U „Yeonwoo Stage“ teatr kompaniyasining aʼzosi. „My Lawyer, Mr. Jo“ (2016), „While You Were Sleeping“ (2017), „The Secret Life of My Secretary“ (2019) va „Welcome 2 Life“ (2019) filmlarida rol ijro etgan.
So-yeon 2018-yilda JTBC telekanalida efirga uzatiluvchi „Something in the Rain“ serialida Seo Kyung-son rolini ijro etgan, bu ijrosi uchun u „6th APAN Star“ mukofoti taqdimotida „eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.
2019 — 2020-yillarda tvN telekanalida efirga uzatiluvchi, Janubiy Koreya televideniyesi tarixida eng yuqori reytingli uchinchi drama boʻlgan „Crash Landing on You“ romantik dramasida Shimoliy Koreyalik uy bekasi Xyun Myon Sun rolini o‘ynagan. U rolni oʻzining tabiiy Shimoliy Koreya lahjasi bilan ijro etganligi uchun yuqori baholangan.
2021-yilda Jang JTBC telekanalida efirga uzatiluvchi „Missing Child“ filmida 11 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan bolaning onasi Kang Mi-ra roli ijrosi uchun eʼtirof etilgan.
Jang 2022-yilda chiqarilishi kerak boʻlgan JTBC’ning „Forecasting Love and Weather“ romantik dramasida rol ijro etmoqda va „Disney+“ ilmiy-fantastik trilleri „Grid“ filmida Choy Seon-ul rolini oʻynamoqda.
So-yeon 25 yil davomida kotibiyat direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib keladi. U sentyabr oyida „Clover“ kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.
Filmografiyasi
Filmlari
Teleseriallari
Manbalar
uz.wikipedia.org