Jang Hye-jin
Jang Hye-jin (koreyscha: 장혜진; 1975-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik aktrisa. Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan „Parazit“ filmidagi Kim Chung Suk roli bilan xalqaro miqyosda tanilgan.
Faoliyati
Hye-jin 1975-yil 5-sentyabrda Pusan shahrida tug‘ilgan. Uning aktrisalik faoliyati 1990-yillarda boshlangan. U 1998-yilda „If It Snows On Christmas“ („Rojdestvoda qor yog‘sa“) nomli badiiy filmda kichik rol ijro etgan. Hye-jin 2000-yillarning oʻrtalarida kinorejissyor va yozuvchi Li Chang-dong boshchiligidagi „Secret Sunshine“ („Maxfiy quyosh nuri“) dramatik filmida Park Myon Suk roli va SBS telekanalida efirga uzatiluvchi „My Sweet Seoul“ („Mening Seulim“) teleserialidagi ijrosi bilan oʻz ona yurtidagi ommaviy axborot vositalari eʼtiborini qozona boshlagan.
Hye-jin rejjisyor Yun Jong Seokning „Marine Boy“ („Dengizchi bola“) va yuqorida tilga olingan Li Chang-donning „Poetry“ („Sheʼriyat“) filmlarida suratga tushgan. 2016-yilda Yun Ga Yunning „Secret Sunshine“ va Shin Junning „The World of Us“ („Bizning dunyo“) filmlarida rol ijro etgan.
Hye-jin „Yongsoon“ filmlarida rol o‘ynagan, undan oldin rejissyorlar Yun Chan-Yung va Li Sang Xi bilan Li Dong Yun tomonidan suratga olingan „Mothers“ („Onalar“) nomli badiiy filmida Jung Xi rolini ijro etgan.
Hye-jin „eng yaxshi original ssenariy“ va „eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyalarida toʻrtta Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan „Parazit“ filmidagi bosh rol Kim Chung Suk rolini ijro etib, xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan. Filmda u badavlat oilada uy xizmatkori boʻlib ishlayotgan ona rolini oʻynaydi.
Hye-jin 2021-yilda u MBC telekanalida efirga uzatiluvchi „The Red Sleeve“ nomli tarixiy dramasida Lady Seo rolini oʻynagan. 2022-yilda „Green Mothers' Club“ teleserialida rol ijro etishi rejalashtirilgan edi.
Filmografiyasi
Filmlari
Teleseriallari
Manbalar
uz.wikipedia.org