Jane Hamilton-Merritt




Jane Hamilton-Merritt (Mary Jane LaRoweda tugʻilgan) – faxriy professor, fotojurnalist, yozuvchi, hayvonlar huquqlari himoyachisi. Jane Konnektikut shtatining Redding shahrida yashaydi. Jane1999-yilda Konnektikut ayollar shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Tarjimai holi



Jane 1947-yilda Indiana shtatining Nobl okrugida Claude LaRowe va Alvada (Brown) LaRowe oilasida dunyoga kelgan. U Munsie shahridagi Ball State universitetida bakalavr va magistr darajasini olgan. Soʻng fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun davom etgan.

Hamilton-Merritt Janubiy Konnektikut shtat universiteti professori boʻlib, u yerda deyarli yigirma yil davomida (1979–97) yarim kunlik ish vaqti bilan jurnalistikadan dars bergan. 1997-yilda Janubiy Konnektikut shtat universitetida oʻqituvchilikdan nafaqaga chiqadi.

Faoliyati



Hamilton-Merritt Vetnamga mustaqil urush muxbiri sifatida ketgan. Uning suratlari olti yil davom etgan Vetnam urushi, shu jumladan Shimoliy Vetnamning Laosga bostirib kirishi

kabi mavzularni qamrab olgan. Jane Inland Daily Press Association bosh mukofotini oʻzining frontdagi urushni yoritgani uchun qoʻlga kiritganini taʼkidlaydi. Ammo buni tasdiqlovchi biror mustaqil manbaalar yoʻq. Bu davrdagi bosma maqolalar va elektron arxiv tadqiqotlari uning hech bir nomi ostida chiqmagan. Ushbu holat uning Vetnam urushi davridagi asari qachon va qanday nashr etilgani haqidagi savollarni tugʻdirdi. Bugungi kunga qadar Janenning ushbu davrdagi suratlari haqida maʼlum biror mustaqil manbalar mavjud emas.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz