Jane Evelyn Atwood
Jane Evelyn Atwood (talaffuzi: Jeyn Etvud; 1947-yilda tugʻilgan) — amerikalik fotosuratchi, 1971-yildan beri Parijda yashaydi. Asosan hujjatli fotografiya bilan ishlagan Atvud odatda odamlar ichidagi muommolarni kuzatib boradi. U asosan jamiyatning chekkasidagi odamlarga eʼtibor qaratadi. Atvud oʻz ishining oʻnta kitobini nashr ettirgan va gumanistik fotosuratlari boʻyicha W. Eugene Smithning grantini, fotojurnalistika boʻyicha Parijdagi Gran-pri oʻyinini, Oskar Barnak mukofotini, Alfred Eyzenshtadt mukofotini va Xasselblad fondi grantini ikki karra qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
Atvud 1975-yilda oʻzining birinchi kamerasiga ega boʻlgan va ishni Parijdagi fohishalar guruhini suratga olish bilan boshlagan. 1980-yilda u ko‘zi ojiz bolalar haqida boshlagan loyihasi uchun W. Eugene Smith xotira fondidan grant yutdi. Shu vaqtgacha u hech qachon fotosuratini nashr qildirmagan edi.
"Uzoq izlanish: qamoqdagi ayollar"
Atvud 1989-yildan boshlab oʻn yil davomida qamoqdagi ayollarni suratga tushirgan. U 40 dan ortiq qamoqxonalarga, jumladan, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa Qoʻshma Shtatlardagi eng ogʻir qamoqxoalar, shuningdek, oʻlim jazosiga hukm qilingan qamoqxonalarga kirish huquqiga ega boʻlgan.
Uzoq izlanish: Qamoqxonadagi ayollar - tajribasi oʻn yillik fotografik hujjatli tadqiqot boʻlib, u oʻz oʻquvchilariga 150 ta oq-qora fotosuratlar toʻplami orqali mahbuslarga munosabat haqida eksklyuziv tushuncha beradi. Rasmlar orasida Toni Parkerning uzun intervyu uslubida taqdim etilgan ayollar hikoyalari ham yozilgan.
"Rue des Lombards" va boshqa asarlari
Atvud asarlarining boshqa mavzulari orasida Parijdagi fohishalar (Rue des Lombards, 1976), koʻr bolalar, Darfur va Gaiti kiradi. Atvud, shuningdek, Kambodja, Angola, Kosovo, Mozambik va Afgʻonistondagi minalarning vayronagarchiliklari oqibati boʻyicha toʻrt yillik tadqiqot ishlarini oʻtkazgan.
Bundan tashqari, Atvud 24h.com fransuz fotografiya instituti tomonidan tashkil etilgan neo-media loyihalarida ishtirok etdi.
2008-yilda Atvud oʻz ishini Franssiyadagi Rencontres d’Arles festivalida taqdim etdi.
Nashrlari
Mukofotlari
Koʻrgazmalari
Manbalar
uz.wikipedia.org