Jane Adams




Jeyn Adams (1964/1965-yilda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 1991-yilda „I Hate Hamlet“ filmining asl spektaklida, Broadveyda, dastlabki debyutini amalga oshiradi va 1994-yilda An Inspector Calls filmini qayta jonlantirgani uchun Pyesadagi eng yaxshi koʻrsatilgan aktrisa nominatsiyasida Toni mukofotini qoʻlga kiritadi. Uning filmlardagi rollari: "Happiness „ (1998), “Wonder Boys" (2000), Eternal Sunshine of the Spotless Mind (2004), „Little Children“ (2006). U, shuningdek, NBC Frasier sitcomida (1999—2000) rol ijro etgan hamda HBO telekanalining Hung (2009-11) seriali uchun 2010-yilda „Oltin globus“ mukofotida, „Televideniyedagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan.

Yoshligi



Jane Adams Vashingtonda, maʼmuriy yordamchi Janice va muhandis William Adamsning qizi boʻlib tugʻilgan. Uning Jonathan ismli ukasi bor, ular Wheaton (Illinois) va Bellevue (Washington) shaharlarida oʻsib ulgʻaygan. 

Adams siyosatshunoslik boʻyicha Vashington universitetida va teatr sohasi boʻyicha Cornish College of the Artsda tahsil olgan. U Juilliard Schoolning drama boʻlimida (1985-1989, 18-guruh) qatnashgan. U yerda 1989-yilda tasviriy sanʼat boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Faoliyati



Adams Seattle Repertory teatrida dastlabki rollaridan birini ijro etadi. U Arthur Miller bilan sahnada ishlash imkoniyati uchun Whoopi Goldberg bilan ishlash imkoniyatini rad etadi.

U Steve Martin va Dayan Keaton bilan „Father of the Bride Part II“ning II-qismida ishlagan. U yana sahnaga qaytdi va 1994-yilda „An Inspector Calls“ ning Broadwayda jonlantirilgan spektaklidagi taniqli aktrisaning eng yaxshi ijrosi uchun Toni mukofotini qoʻlga kiriatdi. U, shuningdek, Paul Rudnickning „I Hate Hamlet“ asari Broadwaydagi spektaklda eng yaxshi debyut ijrosi uchun „Outer Critics Circle“ mukofotini qoʻlga kiritadi.

1996-yilda Adams ABC TVning Relativity serialida Karen Lukens rolini gavdalantiradi..

1998-yilda u Philipp Seymour Hoffman bilan „Happiness“ misantropik qora yumorga boy komedik serialida hayot bilan kurashayotgan sezgir yolgʻiz ayol Joy rolini oʻynaydi. U va aktyorlar koʻplab ansambl mukofotlarini qoʻlga kiritdilar. Keyingi yili Adams 1999-yildan 2000-yilgacha Frasier komediya serialida takroriy rolga ega boʻladi. U Niles Cranenning ikkinchi xotini boʻlgan doktor Mel Karnofsky rolini oʻynaydi. U 1999-yilda „Mumford“ filmida ham rol ijro etgan.

2001-yilda u Janet McTeer bilan birga Songcatcher nomli filmda suratga tushadi. U va aktyorlar Sundance homiylarining maxsus mukofotiga sazovor boʻlishadi. U, shuningdek, CBS drama seriyasi Citizen Baines Reeva Baines Eidenberg rolini tasvirlangan.

2007-yilda u "The Sensation of Sight va The Brave One filmlarida paydo boʻladi. Oxirgi filmda u Jodie Foster, Terrence Howard, Mary Steenburgen va Naveen Andrewslar bilan birga rol ijro etadi.

2009—2011-yillarda Adams Tomas Jane bilan birgalikda HBO telekani tomonidan suratga olingan Hung serialida rol ijro etgan. U 2012-yilda rejissor Joe Swanberg bilan birgalikda All the Light in the Sky filmida bosh rol oʻynagan va shuningdek, ushbu filmning ssenaristi ham hisoblanadi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Teatr sahnalarida




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz