Janaba




Janaba , junub („ifloslanish“; sinonimi najasa) — ifloslantiruvchi xatti-harakatlar
yoxud holatlar natijasida diniy marosimdagi nopoklik. Janaba masalalari fiqhning ibodat
bo‘limida talqin etiladi. Ifloslantiruvchi narsalarga quyidagilar kiradi: a) inson tanasidan
chiqargan barcha narsa, jumladan uning axlati, siydik, maniy, qusug‘i, yiring, hayz qoni,
baʼzi mazhablarga ko‘ra yaradan oqqan qon, kesilgan soch va tirnoklar va b.; b) harom
o‘lgan hayvon, ishlov berilmagan teri, shox, ichak va b.; v) vino va b. mast qiluvchi va
gangituvchi moddalar (agarda ular tibbiy maqsadlarda ishlatilmasa); g) cho‘chqa,
vahshiy hayvon va qushlar go‘shti; d) ko‘rinishi va hidi badbo‘y, yaramas bo‘lgan barcha
narsalar. Ifloslanib qoluvchi holatlarga, yuvilmagan o‘likka, agarda u shahid ketmagan
bo‘lsa qo‘l tekkizish, qon oqishi, jinsiy aloqa, hayz ko‘rish, tug‘uruq, og‘ir kasallik,
ayniqsa bemor hushidan ketgan bo‘lsa, olis va uzoq safarga chiqish, shuningdek, inson
o‘z xohish-irodasidan tashqari u yoki bu man etilgan narsaga qo‘l urib qo‘yishi kabilar
kiradi. Kundalik jihozlar, uy-joy va kiyim boshning ifloslanib qolishi xuddi o‘shanday
holatlarda yuz beradi, mas., xonadonga daydi it kirib qolsa, idishga vino kuyilsa yoxud
unga cho‘chqa go‘shti solinsa, kiyimga qon tegsa va b. Agarda ifloslanish gunoh ish yoki
qonunga xilof faoliyat bilan bog‘lanmagan holatlarda sodir bo‘lsa, mas., qassob yoki
ko‘nchining ishi bilan bog‘liq holatda ro‘y bersa, g‘usl qilish bilan poklaniladi. Agarda u
qandaydir man etilgan xatti-harakatlar oqibatida sodir bo‘lgudek bo‘lsa, mas., g‘irt mast
bo‘lguncha vino ichilsa, man etilgan aloqada bo‘lsa va b., u holda gusldan tashqari tavba
qilish zarur bo‘ladi va kafforat berishi lozim. Ifloslangan narsalar va xonalar yaxshilab
tozalanadi, yuviladi va shamollatiladi, bunda ifloslanishdan xalos bo‘lish niyatini
tasdiqlovchi duolar o‘qiladi.

Adabiyotlar



SLOM ENSIKLOPEDIYASI"Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi"
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz