Jan Bednarek




Jan Kacper Bednarek (talaffuzi: Yan Katsper Bednarek; 1996-yil 12-aprelda Polshada tugʻilgan) — polshalik futbolchi, „Southampton“ futbol klubi himoyachisi, „Aston Villa“ futbol klubi va Polsha terma jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Jan Bednarekning akasi Philip ham professional futbolchi.

Klublardagi faoliyati




Jan Bednarekk „Lex“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda „Piast“ futbol klubiga qarshi oʻyindaiga debyut qilgan. 2015-yilda Jan Bednarek klubning ligada gʻolib chiqishga yordam bergan. Oʻsha yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Jan Bednarek „Lech“ futbol klubidan „Górnik“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 29-avgust kuni „Piast“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jan Bednarek yangi klubi safida debyut qilgan. Ijara muddati tugagach, Jan Bednarek „Lex“ futbol klubiga qaytgan. 2016-yil 12-avgustda „Cracovia“ futbol klubiga qarshi bahsda u oʻzining yangi jamoasi safida ilk golini urgan.

2017-yilning 1-iyulida Jan Bednarek Angliyaning „Southampton“ futbol klubi bilan 5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma imzolagan. U premyer ligadagi debyutini 2018-yilning 14-aprelida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan va uning jamoasi 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

2022-yil 1-sentyabrda Jan Bednarek mavsumiy ijara asosida „Aston Villa“ futbol klubiga oʻtgan. 2-oktyabr kuni „Leeds United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Jan Bednarek uydagi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

4-sentyabr kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda u Polsha terma jamoasi safida debyut qilgan.

2018-yilda Jan Bednarek Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Senegal, Kolumbiya va Yaponiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yaponiyaliklarga qarshi kechgan bahsda Jan Bednarek terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistikasi




Polsha safidagi gollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz