Jan Akkersdijk
Jan Jacob Akkersdijk (talaffuzi: Yan Yakob Akkersdeyk) (1887-yil 8-yanvar, Ngrantjak, Gollandiya — 1953-yil 31-mart, Arnem) – gollandiyalik futbolchi, Velocitas Breda jamoasi hujumchisi boʻlgan. Gollandiya terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan.
Ilk yillari
Jan Jacob Akkersdijk, shuningdek, Jek nomi bilan tanilgan, Java orolida joylashgan Salatiga shahri yaqinida joylashgan Ngrantjak qishlogʻida dunyoga kelgan.
Otasi – Joris Akkersdijk, Rotterdamlik, onasi – Vilhelmina Aleksandrina van Leuven, Lumadyang shahrida tugʻilgan. Ota-onasi 1881-yil avgust oyida Lumadyangda turmush qurishgan. Ularning oilasida olti farzand tugʻilgan: uch qiz va uch oʻgʻil. Oila boshligʻi plantator va Mandi Radja tamaki kompaniyasining egasi boʻlib, uning qarorgohi Banyumasda joylashgan edi. Uning bobosi Jacob Akkersdijk rassom va Rotterdamdagi Tasviriy sanʼat akademiyasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Jan Gollandiya markaziga mashgʻulot oʻtash uchun joʻnab ketgan va u yerda Alkmaardagi kadet maktabiga oʻqishga kirgan. Shu klubda futbol oʻynay boshlagan. 1906-yilda u Breda shahridagi Qirollik xarbiy akademiyasiga oʻqishga kirgan.
Sportchilik faoliyati
Oʻn sakkiz yoshida Jan asosan harbiy akademiya va kadet maktablari talabalari oʻynaydigan „Velocitas“ futbol klubiga aʼzo boʻlgan. Jan klubda markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshlagan va bir yildan soʻng Gollandiya terma jamoasidan chaqiruv olgan.
Uning terma jamoadagi debyuti 1908-yil 26-aprelda Rotterdamda Belgiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozonishgan. Janning oxirgi oʻyini Fransiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan va gol urishga muvaffaq boʻlgan. Uning jamoasi 4:1 hisobida gʻalaba qozongan – Gollandiya uchun bu Fransiya termasi bilan birinchi uchrashuv boʻlgan.
1909-yilda u Haarlemdan HFC klubiga koʻchib oʻtgan, lekin tez orada Gollandiyaning Sharqiy Hindistonida xizmat qilish uchun chaqirilgan.
Shahsiy hayoti
Ikki marta oila qurgan. U birinchi marta yigirma toʻqqiz yoshida oila qurgan boʻlib – uning rafiqasi Achex provinsiyasidagi Tanjong Pura qishlogʻida tugʻilgan 18 yoshli Jonker Dora (Dolli) Dibbets edi. Ularning nikohi 1916-yil 12-aprelda Bogorda qayd etilgan. 1921-yil dekabr oyida ularningoiladia ikki qiz tugʻilgan. Er-xotin 1924-yil 28-fevralda Jakartaada ajrashishgan.
1931-yil iyul oyida u Jakartada 29 yoshli Luiza Margareta Leoni Shuller tot Persum bilan oila qurgan. 1932-yil aprel oyida oʻgʻli Jek Joris dunyoga kelgan.
Jan 1953-yil 31-martda Arnemda 66 yoshida vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org