Jamshidpur




Jamshidpur , Tatanagar — Hindistonning shim.-sharqidagi shahar, Bihar shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. Temir yoʻl tuguni. J. 20-asr boshida Gxota-Nagpur yassitogʻligidagi changalzor oʻrnida yirik hind monopolistik birlashmasi — "Tata" tomonidan ishchilar shaharchasi sifatida qurilgan. Qora metallurgiyaning markazi. Shahar atrofidan yuqori sifatli temir rudasi, kokslanadigan kumir, flyuslar, oʻtga chidamli materiallar qazib chiqariladi. "Tata" kompaniyasiga qarashli yirik zavodlar bor. Ogʻir mashinasozlik (quvur, qishloq xoʻjaligi inventarlari va b.) va kimyo sanoatlari rivojlangan. Yirik elektr stansiya bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz