Jamshid Xoʻjayev (pedagog)




Ushbu maqola pedagog haqida. Iqtisodchi haqida Jamshid Xoʻjayev maqolasiga qarang.

Jamshid Baxtiyorovich Xoʻjayev (1987-yil 3-iyun, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani) — oʻzbekistonlik pedagog va senator. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi. 2008-yilda Navoiy pedagogika institutini milliy istiqlol gʻoyasi yoʻnalishida tugatgan. 2008—2017-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashida turli lavozimlarda ishlagan. 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi raisi boʻlgan. 2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi. 2021-yil 23-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevga birinchi oʻrinbosar boʻldi. 2023-yil 15-avgust kuni Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz