Jamshid Shoshiy




Jamshid Shoshiy (toʻliq ismi Ahmad ibn Mahmud ibn Ahmad) (XIV asr) — olim va xattot. Shoshda tugʻilgan. Mashhur olim Muhammad Taftazoniydan tahsil olgan. Uning „Talmih fi kashf al-asror at-tavzih“ kitobiga hoshiya yozgan.

Shuningdek, Az-Zamaxshariyning „Kashshof an haqoyiq at-tanzil“ asarini nasx xati bilan koʻchirgan (1358). Bu asarlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz