Jamshid Boltaboev




Jamshid Boltaboev (1996-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, „Navbahor Namnagan“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Koʻp qirrali futbolchi, u quyidagi pozitsiyalarda harakat qilishi mumkin: markaziy himoyachi, oʻng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati



Yoshlik karyerasi



2012-yilgi Osiyo U-16 chempionati va U-17 FIFA Jaxon Chempionatida muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng koʻp oʻtmay u xorijlik Yevropa skautlarini shunday hayratda qoldirdiki, bir qancha klublar sinov takliflarini yuborishdi, ammo u „Monako“ni tanladi va „ As Monako“ akademiyasi bilan olti kunlik mashgʻulotlarda qatnashdi va oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Professional karyerasi



2014-yil Paxtakor klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 2018-yilgacha jamoa tarkibida harakat qilgan. Shu yillar davomida jamoasining eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

2018-yil Paxtakor jamoasidagi bir qator oʻzgarishlardan soʻng Jamshid Soʻgʻdiyona jamoasi safiga oʻtdi va jamoa bilan qator muvaffaqiyatli mavsumlarni oʻtkazdi. 2022-yildan Bosh murabbiy Samvel Babayanning taklifiga binoan Namanganning Navbaxor jamoasi futbolchisiga aylandi. Hozirda Navbahor futbolchsi hisoblanadi.

Xalqaro



2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda ishtirok etib Oʻzbekiston — Xorvatiya uchrashuvida gʻalaba toʻpini kiritgan va oʻsmirlar terma jamoasini guruhdan chiqishida muhim hissa qoʻshgan va sariq kartochkalar koʻpligi sabab 1/8 final bosqichida Gonduras U-17 jamoasiga qrshi jamoadoshlariga yordam bera olmagan

U 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi ilk oʻyinida Osiyo grandi Janubiy Koreya U- 23ga qarshi oʻyinda 72-daqiqada Iroq U-23ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborib, qizil kartochka oldi.

Yutuqlar




Mahalliy klublar statistikasi




Xalqaro maqsadlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz