Jamshid




Jamshid — qad. afsonalarga koʻra, Eronda eng avval hukmdorlik qilgan peshdodiylar sulolasining toʻrtinchi va eng buyuk xukmdori. Shoh Tahmurasdan soʻng 700 yil podshoxlik qilgan J. Istaxr sh.ni bunyod etib, mamlakatda behad farovonlik vujudga keltirgan, sharobni ixtiro qilib, Navroʻzni yangi yil bayrami sifatida nishonlashni joriy etgan emish. U hatto Zardushtdan ilgari Eronda mavjud boʻlgan bir diniy mazhabga asos solgan, oyna (Oyini jam) ixtiro qilgan hamda odamlarni hayvon terisiga oʻranish oʻrniga gazlamadan tikilgan kiyim kiyishga oʻrgatgan, davlat tuzumini tashkil etib, aholini tabaqalarga boʻlgan. Bu mazhab va oyna quyoshu tabiatga bogʻliq va ayshu ishrat bilan uygʻunlashgan bir suratda taʼriflanadi. Goʻyoki J. oʻz shonu shavkati va saltanatidan magʻrurlanib ketib, xudolik daʼvosini qilgan emish. Oqibatda Arabiston ya. o.dan, ehtimol Yamandagi od qavmidan Zahxok ismli bir xukmdor bostirib kelib, Eronni J.dan tortib olgan ekan. Soʻng , Zaxxok ikki yelkasidagi ikki ilonga mahalliy aholining navqiron oʻgʻillari miyasini yedira boshlabdi. Shunda oʻgʻillaridan ajragan bir Kova ismli temirchi bosh koʻtarib, Zahhokni oʻldiribdida, taxtni J. naslidan boʻlmish Faridunga olib beribdi. Faridun adolat bilan davlatni idora qilib, keksaygach uch oʻgʻliga mamlakatni boʻlib berish bilan Hazrat Nuhning maqomlariga erishibdi.

J.ni baʼzilar Hazrat Sulaymonning aynan oʻzlari, deb taʼkidlashadi. J., sharobni ixtiro etganligi boisidan, shoirlar oʻrtasida "Qadahiy" (Jomi Jam) nomi bilan ham mashhurdir. Keyinchalik topilgan qad. hind braxmanlari afsonalariga koʻra, bu hikoyaning hind afsonalaridan naql etilgani maʼlum boʻladi. Haqiqatan, Zardusht brahmaniylar dinidan ajralib chiqib, alohida bir mazhab taʼsis etgani uchun vatanidan badargʻa qilinib, Eronga kelib qolgan. Shunga binoan eroniylar qad. hind afsonalarini oʻrganishgan. Qad. Eronning tarixi Zardushtning kitobi boʻlmish Zandovastodan olingandir. Qad. hind afsonalarida J. yoki Jomo Shaydo quyoshni anglatuvchi bir maʼbud ismi boʻlib, bu ismni tashkil qiluvchi soʻzlarning birinchisi — "xukmdor" va ikkinchisi — "quyosh" maʼnosidadir, yaʼni "quyosh podshoh" demakdir.

J. haqida Navoiy, Firdavsiy, Tabariy, Beruniy asarlarida ham eslatib oʻtilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Jamshid — bu o‘zbek va fors tilidagi erkak ismi bo‘lib, ko‘pincha tarixiy va madaniy kontekstlarda uchraydi. Jamshid nomi Eronda va Markaziy Osiyoda qadimiy afsonalar va dostonlarda muhim o‘rin tutadi. Ushbu ism “jannat shodlig’i” yoki “mumtoz shodlik” ma’nolarini ifodalaydi.

Tarixiy nuqtai nazardan, Jamshid — qadimgi fors afsonalarida, ayniqsa “Shahname” dostonida uchragan buyuk shoh yoki qahramon sifatida tasvirlanadi. U yuksak ilm-fan, madaniyat va adolat ramzi sifatida ko‘riladi. Jamshidning davrida odamlar tinchlikda yashaganlari, yuksak texnologiyalar va ilm-fan rivojlanganligi aytiladi.

O‘zbek madaniyatida va adabiyotida ham Jamshid ismi ko‘p ishlatiladi, ko‘pincha yuksak fazilatlar, dono va kuchli insonlarni ifodalash uchun tanlanadi. Bugungi kunda bu ism O‘zbekistonda ham keng tarqalgan va hurmat bilan qaraladi.

Jamshid ismi bilan bog‘liq ba’zi mashhur shaxslar, masalan, yozuvchilar, san’atkorlar yoki tarixiy shaxslar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Jamshid nomi turli tashkilotlar, tashkilotlar yoki joy nomlarida ham uchrashi mumkin.

Umuman olganda, Jamshid ismi boy tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, yaxshi va ma’naviy qadriyatlarni ifodalaydi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz