Jamoluddin Abulhasan Ali ibn Yusuf Ibrohim ibn Abdulvohid ash-Shayboniy al-Qiftiy




Ibn al-Qiftiy , Jamoluddin Abulhasan Ali ibn Yusuf Ibrohim ibn Abdulvohid ash-Shayboniy al-Qiftiy (1172, Qift — 1248, Halab) — arab tarixchisi, adibi va davlat arbobi. Qohirada fiqh, huquq, adabiyot, ilmi nujum, handasa, tabobat, mantiq va tarix buyicha taʼlim olgan. 1187 yil otasi bilan Quddusga koʻchib kelgan. Bu yerda Qohirada olgan bilimlarini yanada takomillashtirib, kelgusida yozadigan asarlari uchun manbalar tuplagan. taxminan 1201 yil Quddusda siyosiy vaziyat yomonlashgani boisidan otasi bilan Harron (Mesopotamiyada) ga kuchib oʻtgan. 1213 yil Halab hokimi uni moliya ishlari devoni boshligʻi etib tayinlab, unga "Al-Qoziy al-akram" ("Eng saxovatpe-sha qozi") faxriy unvonini inʼom etgan. Bu mansabda u davlat manfaatlari yoʻlida xizmat qilish bilan birga yirik olimlarga ham homiylik qilgan, chunonchi moʻgʻullar bosqini tufayli Oʻrta Osiyodan qochib kelgan Yoqut Hamaviyta boshpana berib, moddiy yordam koʻrsatgan. 1236 yil Halab hokimi tomonidan vazir etib tayinlagan I. al-Q. umrining oxiriga qadar shu mansabda ishlagan.

I. al-Q. 20 ga yaqin asar yozgan, ulardan bizgacha yetib kelganlari orasida eng muhimi — "Kitob ixbor al-ulamo biaxbor alhukamo" ("Hakimlar xususidagi xabarlar bilan olimlarni tanishtirish kitobi") dir. Bu asar koʻproq "Taʼrix alhukamo" ("Hakimlar tarixi") nomi bilan mashhur. Unda qadim zamonlardan to muallif davriga qadar yashab oʻtgan 414 olimning tarjimai holi berilgan boʻlib, ularning talaygina qismini Huroson va Movarounnahr olimlari tashkil qilgan. Mazkur asar Leypsig (1903) va Qohira (1908) da nashr etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz