Jamoliddin Boboxonov




Jamoliddin Boboxonov  — 1970-yilda Toshkent shahrida islomshunos olim Shamsiddinxon Ziyovuddinov oilasida tugʻilgan. ToshDSHI iqtisod fakultetining 1993-yil va Moskva poʻlat va qotishmalar institutini 2006-yil bitiruvchisi. Iqtisod fanlari nomzodi.
1993-1996 yy. „Oʻzikkilamchi rangli metall“ HJda muhandis; 1996-1997 yy. „Xandikraft“ Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi direktori; 1997-2000 yy. „Oʻzikkilamchi rangli metall“ HJda boʻlim boshligi; 2000-2007" Oʻzikkilamchi rangli metall" HJda bosh direktor; 2007 — h.v. „Sredazsvetmetenergo“ hissadorlik jamiyatida bosh direktor oʻrinbosari boʻlib ishlab keladi.

Ilmiy yoʻnalishi



Bozor iqtisodiyoti sharoiti-da sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, restrukturizatsiyalash; „Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini restrukturizatsiyalash“. Bu yoʻnalishda u 1 ta oʻquv qoʻllanma, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Buyuk Britaniya, Italiya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina kabi koʻplab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirgan.

Asosiy ilmiy ishlari



Nomz. diss. mavzusi: „Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida sanoat korxonalarini restrukturizatsiyalash (Ikkilamchi rangli metallarni qayta ishlovchi korxonalar misolida)“ — Tashkent, 2010.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz