Jamol Qarshiy




Jamol Qarshiy (taxallusi; asl ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid) (13—14-asrlar) — tilshunos olim.

"As-Saroh min as-Sahoh" ("As-Sahohdan olingan aniq so'zlar") arabcha forscha lug'at muallifi. Lug'at o'sha davr tili leksikasini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Lug'atning qo'lyozma nusxalari Parij, Berlin, London qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida bu asarning 1511-yilda kotib Xusom Muhammad Bahoriy (inv. № 2723) va 1703—04-yillarda Mulla Feruz ko'chirgan nusxalari mavjud (inv № 2400). R.Vohidov aniqlagan bittadan arab, fors va oʻzbek tillaridagi mulamma' ruboiysi bor.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz