Jamoatchilik fikri
Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi ommaviy ong shakli; muayyan ijtimoiy masalalarni maʼqullash yoki qoralashda namoyon boʻladi, individlar, ijtimoiy guruhlar xatti-harakatini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan meʼyorlarni belgilaydi; umuman jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruhlar doirasida ham amal qiladi. J. f.ning faolligi va ahamiyati jamiyatning strukturaviy harakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning , madaniyatning , demokratik huquqiy meʼyorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. J. f. hokimiyat organlarini saylashda, ommaviy kommunikatsiya vositalarida, aholi soʻrovlari va b.da oʻz ifodasini topadi.
Oʻzbekistonda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tuzilgan (1997). Markaz mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, davlat siyosati va hukumat faoliyati toʻgʻrisidagi J. f.ni taxlil qiladi va umumlashtiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org