Jammu




Jammu — Hindistonning shim.dagi shahar. Jammu va Kashmir shtatida, Tavi daryosi vodiysida. Shtatning ikkinchi maʼmuriy markazi (qishki qarorgoh). Aholisi 250 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Himolay togʻlari etagidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Savdo markazi. Kimyo, toʻqimachilik sanoati, hunarmandchilik rivojlangan. Ipak yigirish, sholi oqlash korxonalari bor. Kulolchilik buyumlari, dori-darmon, rezina va charmdan turli buyumlar ishlab chiqariladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz