Jamiyat Eslah
Jamiat Eslah (pushtucha: د افغانستان ټولنيز اصلاح او پرمختګ ټولنه, „Ijtimoiy islohotlar va taraqqiyot uchun Afgʻoniston jamiyati“ (fors: jmʿy̰t ạṣlạḥ ạfgạnstận) Afgʻonistonda joylashgan islomiy notijorat tashkilotdir. 2004-yilda tashkil etilgan, Kobul va Afgʻonistonning boshqa muhim shaharlarida faoliyat yuritadi hamda bir qator afgʻon ziyolilari, oʻqituvchilari va tadbirkorlari tomonidan moliyalashtiriladi.
„Afgʻoniston Jameiat Eslah“ – eʼtiqod, gʻoyalar, axloq, qadriyatlar va islom madaniyatini saqlash maqsadida islomiy fikrlar doirasida tashkil etilgan ijtimoiy institut hisoblanadi. U afgʻon xalqining – barcha afgʻon erkaklar va ayollarining shaxsiy va ijtimoiy hayotini rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritadi. Tashkilot afgʻon farzandlari tomonidan barpo etilganidan buyon mamlakat ehtiyojlari va muammolarini hal etishni diniy mas’uliyat va milliy ustuvorliklardan yuqoriroq oʻringa qoʻyadi.
„Jamiyat Eslah“ yurtning barcha gʻamxoʻr va samimiy insonlarini ushbu davrak atrofiga toʻplash va ularni kecha-yu kunduz Alloh taoloning rizoligi yoʻlida, xalq manfaati yoʻlida turli islohotlargakuchini sarflaydigan tarzda koʻpaytirish maqsadida tashkil etilgan. Tashkilot aʼzolari oʻz vatanlari, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi yoʻlida, diniy va milliy qadriyatlarni, islomiy oʻzlikni oʻz hayoti va mehnati bilan himoya qilishga intilishlari mumkin.
Afgʻonistondagi soʻnggi portlashlarda ushbu tashkilotning taniqli aʼzolaridan biri boʻlmish Muhammad Atef halok boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org