Jamila Shermuhamedova
Jamila Toshpoʻlatovna Shermuhamedova (1950-yil 18-iyun, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, falsafa fanlari doktori (2004), professor (2004).
Biografiyasi
Jamila Shermuhamedova 1950-yil 18-iyun Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1966—1971-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetida tahsil olgan. 1972—1973-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, 1973—1976-yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1977—1989-yillarda tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, 1989—2004-yillarda dotsent, 2004—2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti professori, 2000—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi huquqshunos ayollar jamoat birlashmasining ijrochi direktori, 2000—2015-yillarda Toshkent shahar Ishbilarmon va tadbirkor ayollar jamoat birlashmasi maslahatchisi, 2005—2011-yillarda Oliy Majlis qoshidagi demokratik institutlar qoʻmitasi eksperti, 2011—2017-yillarda „Hayot I.R.J.O.“ xususiy korxonasi direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2017-yildan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimi. Shuningdek, Tadbirkor ayollar uyushmasi aʼzosi va maslahatchisi (1991-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi ishbilarmon ayollar uyushmasi faxriy maslahatchisi (1995-yildan).
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org