Jamila Baspakova




Jamila Tolegenovna Baspakova (1966-yil 15-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi, Qaragʻanda viloyati, Temirtau shahrida tugʻilgan. Qozogʻistonlik opera qoʻshiqchisi (lirik-koloratura soprano ijrochisi). 1999-yilda Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoniga, 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor bo’lgan. 1994-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi opera-yakkaxoni sanaladi.

Tarjimai hol



Jamila 1966-yil 15-yanvarda Qaragʻanda viloyatining Temirtau shahrida dunyoga kelgan.

U 1987-yil Temirtau shahridagi musiqa bilim yurtini tamomlaydi.

1987-1992-yillarda Kurmangaz nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasini vokal fakultetida tahsil olib, (Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist S.G.Kurmangaliyeva professor qoʻlida) tamomlaydi.

1992-1993-yillarda (Italiya, Ozimo shahrida) sanʼat-opera akademiyasida professor Mario Melanida qo’lida malakasini oshiradi.

Jamila Baspakova 1994-yildan shu davr mobaynigacha Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi yakkaxoni sifatida faoliyat yuritadi.

U 2013-yildan Kurmangaz nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.

Repertuarlari



Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri

Xizmat safarlari



MDH mamlakatlari bo’ylab  bir qancha xizmat safarlarida boʻlgan: Toshkent, Bishkek, Ashxobod, Omsk, Orenburg, Ashxobod opera teatrida, Xarkov, Qozonda.
Moskvadagi Katta teatrlarda, Maslahatlar uyi zalida, Sankt-Peterburg Tavrich Saroyi, Parij-Pliyed zalida, Germaniya Bonn, Berlin, Frankfurtmayn, Gollandiya va Belgiya shaharlarining nufuzli zallarida ham kuylagan.

Yutuqlari



Vokal tanlovi mukofotlari:

Unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz