Jamil Sidqiy Az-Zahaviy




Jamil Sidqiy az-Zahaviy (arabcha: جميل صدقي الزهاوي, Bagʻdod, 18-iyun 1863-yil, zamonaviy Iroq 1936-yil 24-fevral) taniqli Iroq shoiri, pedagogi, faylasufi. Arab dunyosidagi eng buyuk zamonaviy shoirlardan biri hisoblangan u ayollar huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan.

Hayoti



Az-Zahaviy Bagʻdodda tugʻilgan. Uning otasi Iroq Kurdistonidan bo‘lib, Bag‘dod muftiysi bo‘lib ishlagan. Onasi Turmanistonlik boʻlgan. Az-Zahaviy Bagʻdod, Istanbul, Qohira va Quddusda yashab ijod qilgan.

Usmonlilar hukmronligi davrida u Bagʻdod taʼlim kengashining aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan, u yerda ayollarning taʼlim olish huquqini himoya qilgan. Bagʻdoddagi yagona gazeta muharriri, Yaman va Istanbul Oliy sudining aʼzosi, Qirollik universitetida islom falsafasi professori va Istanbuldagi sanʼat kollejida adabiyot professori lavozimlarida ishlagan. U arab dunyosidagi yetakchi yozuvchilardan biri edi. Bayrut, Qohira va Bag‘doddagi yirik gazeta va jurnallarda u va asarlari haqida maqolalar chop etilgan. Bahoiy taʼlimoti taʼsirida 1896-yildan boshlab u Misr davriy nashrlarida oʻzi ixtiro qilgan „barcha xalqlar uchun universal“ yozuvni tarqatish kompaniyasini boshqargan.

1921-yilda Iroq mustaqillikka erishgach, 2 marta mamlakat parlamenti va 1 marta yuqori palata deputati lavozimiga saylangan.

Ijodi




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz